Yarim o’tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini olish. Ishning maqsadi: y
Download 18.71 Kb.
|
1 2
Bog'liq2) Laboratoriya ishi №1(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Nazorat savollari
p-n o’tish. p tipli va n tipli yarim o’kazgichlar o’zaro uzviy kontaktga keltirilsa, kontakt chegarasida ma`lum qatlam hosil bo’ladi.Bu qatlam p-n o’tish deb ataladi.Bu qatlamda ajoyib hodisalar ro’y beradi.p-n o’tishli yarim o’tkazgich tashqi manbaga to’g’ri va teskari yo’nalishda ulanishi mumkin (8-rasm).
Agar p-n o’tishli kristallga tashqi manbaning minusi n- sohasiga plyusi p-sohaga ulasak, kristall orqali tok o’tmaydi. Agar tashqi manbaning qutblarini teskarisiga ulasak, kristall orqali o’tadigan tok oshib ketadi. p-n o’tishdan o’tadigan tok kattaligini unga qo’yilgan kuchlanishga bog’liqligiga p-n o’tishning volt-amper xarakteristikasi(VAX) deyiladi. p-n o’tishning VAX sining analitik ko’rinishi quyidagicha bo’ladi. (1.1.12) bu yerda - to’yinish toki bitta p-n o’tishdan iborat bo’lgan yarim o’tkazgichli asbob diod deyiladi. Uning tuzilishi va sxemadagi belgilanishi quyidagicha bo’ladi (2.1.16- chizma). 1.1.16- chizma.Diodning ko’rinishi va sxemasi Yarim o’tkazgichli diod elektr tokini bir tomonlama o’tkazadi. Uning bu xususiyatidan foydalanib, o’zgaruvchan toklarni o’zgarmas tokka aylantirishda foydalaniladi. Bu ishda yarim o’tkazgichli diodning xossalari o’rganiladi va uning VAXsi olinadi. Diodning VAXsini quyidagi elektr sxema yordamida olish mumkin (1.1.17- chizma) 1.1.17- chizma.DiodningVAX aniqlash sxemasi Ishni bajarish tartibi: 1.Ish boshlashdan oldin laboratoriya qurilmasining tuzilishi va uning yo’riqnomasi bilan tanishing. 2.Asbobni elektr tarmog’iga ulang. 3.Qurilmaning chap tomonidagi R-potentsiometrni qo’l bilan soat strelkasiga qarshi yo’nalishda burib, kichik kuchlanishga mos kelgan holatga o’rnating. 4.K1 ulagich yordamida dastlab kremniyli diod holatiga o’rnating. K2 uzib ulagichni to’g’ri tok - holatiga o’rnating. R-potentsiometr yordamida diodga beriladigan kuchlanishni oshirib boring va voltmetr hamda milliampermetrning ko’rsatishlarini yozib oling. 5.K2 uzib- ulagichni(kalit) teskari tok - holatiga o’rnating va 4-banddagi ishlarni takrorlang. 6.K1 uzib-ulagichni germaniyli diod holatiga o’tkazing va yuqorida qilingan ishlarni bajaring. 7.Olingan natijalar asosida ma`lum masshtabda diodning VAXsini chizing. Qilingan ish bo’yicha hisobot yozing. Nazorat savollari: 1.Yarim o’tkazgichli diod qanday tuzilgan? 2.Diodlarning VAXsi haqida ma`lumot bering. 3.Diodlarning VAXsi qanday qilib olinadi? 4.Diodlar qanday maqsadda va qaerlarda qo’llaniladi?. Adabiyotlar: O.F. Kabardin. Tranzistornaya elektronika. Izdatelstvo «Prosveshenie», Moskva. 1972 Download 18.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling