Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari
Download 0.57 Mb.
|
Tez eslab qolish qurilmasi (TEQQ ShK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun. mo`ljallangan.
TEQQ — energiyam bog’liq xotira: kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma’lumot yo`qoladi. TEQQ, asosini yarim o`tkazgichli eslab qolishelementlarining (triggerlarni) matricasini o`z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matricaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma’lumotlarni yozish va o`qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo`lgan elementlar bilan ulangan matricaning shinalari bo`yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi. Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari ko`rinishda bajariladi — katta bo`lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan. Qo`llaniladigan modullar tiplari: — DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam qo`llanilmoqda; — SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi va nazorat qilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 - («qisqa» — eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga ega bo`lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo`llaniladi. — DIMM (Dual In Line Memory Module) — 168-kontaktli raz’yomlarga ega bo`lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga ega bo`lgan faqat yangi tipdagi tizimli platalarga o`rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO va SD RAM xotiralarni tashkil etishda qo`llaniladi. 486 MP uchun bosh platalarda 30- va/yoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, Pentium-mashinalarda esa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar qo`llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM modulning uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platala xotira modullarini o`rnatish uchun bir nechta raz’yomlar guruhi (banklar) bo`lishi mumkin, bitta bankka bir xil sig’imli bloklarni qo`yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig’imli bloklarni faqat turli banklarda o`rnatish mumkin. Ko`pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh plata 60 nanosekundli modullarga mo`ljallangan bo`lsa, unga 70 nanosekundli modullarni o`rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin. Hozir tez saxifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko`paytirilgan tezkorlikli DRAM xotirasining ushbu yangi tiplari paydo bo`ldi: RAM EDO (Extented Data Output) va SD RAM (Synchronous DRAM). Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling