Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Download 0.57 Mb.
bet6/37
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1411282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

Intel mikroprotsessorlari


Mikroprotsessorlar to’g’risida gap borganda ko’pchilik shaxsiy kompyuterni tasavvur qiladi. Biroq ilk protsessorlar kundalik hayotda keng qo’llaniladigan ko’plab mexanizm va asbob-uskunalar ichiga o’rnatilgan edi. 1971 yili Intel kompaniyasi o’zining eng birinchi mikroprotsessorini havola etganida, ushbu texnologiya kelajakda qanday murakkab apparatlar yaratilishiga olib kelishini o’shanda hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.
Protsessor qo’llanilgan ayrim sohalarni sanab o’tamiz:

  • svetofor kontrolleri

  • interfaol o’yinchoqlar - radiomodem

  • sun’iy yo’ldosh orqali aloqa

  • avtomobilda qo’llaniladigan raqamli navigatsiya tizimi

  • avtomobilda qo’llaniladigan o’t oldirish va yoqilg’i yetkazish tizimini boshqarish

  • printerlar

  • ovoz rejissyorining pulti

  • lokomotivlar (dvigatelning elektr ta’minotini nazorat qilib borish uchun qo’llaniladi)

  • interfaol sezuvchan (sensorli) videoekran

  • kompyuterli terminal klaviaturasi

  • ko’chmas disk

  • elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat

  • texnologik nazorat (ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari, jumladan harorat, bosim yoki materiallar sarfi ustidan nazorat)

  • baliq ovida qo’llaniladigan elektron xo’rak

  • elektron gitara, organ, sintezator

  • geliyli detektor

  • sport trenajyorlari

  • darts elektron o’yini

  • tadqiqot asboblari

  • dengiz kemalari shvartovka muftalarining kontrollerlari

  • start blokining sensorlari (yengil atletikada falstartning (komanda berilmasdan oldin olingan startning) oldini olish uchun qo’llaniladi)

  • kompyuter-kassa tizimlari

  • uyali aloqa (qo’l) telefon apparatlari

  • kabelli televideniyening dekoderi

  • faksimil aloqa apparati

  • sun’iy yo’ldoshdagi qabul qurilmasi

  • tibbiyot jihozlari

  • bemorlar holati ustidan nazorat qilish tizimi

  • savdo-sotiqda qo’llaniladigan avtomatlar

  • duradgorlikda qo’llaniladigan elektron adilak (shayton)

  • nusxakash uskunalar

  • shtrix-kodli printer

  • robot qo’li

  • yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda ko’paytirish (hayvonning terisi ostiga o’zining yaqin qarindoshi bilan chatishtirilishiga yo’l qo’ymaslik uchun olimlar foydalanadigan genetik axborotga ega juda kichik mikrosxemalar ulanib, bitkazib yuboriladi)

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling