Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Intel 386 rusumli mikroprotsessor


Download 0.57 Mb.
bet10/37
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1411282
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37

Intel 386 rusumli mikroprotsessor


1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004 rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning o’zida bir nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “ko’p vazifali”, 32 razryadli Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar texnologiyasida erishilgan so’nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 o’zining ajdodlari 8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot bilan obyektli kod bo’yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish xossasi alohida qiziqish uyg’otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga o’tish imkonini beradi. O’zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli dasturlarga (yoki dasturlarning ko’p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’ladigan dasturiy resurslarni ta’minlaydi.

Intel 486 rusumli markaziy protsessor


1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 80x86 deb nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vaqilini havola etdi. 486 protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga oshiriladigan ishdan “ko’rsatgin-u bir bor chert!” rejimiga o’tilganligini nishonladi. Intel 486 ichiga o’rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor bo’ldi. U markaziy protsessor o’rniga murakkab matematik amallarni bajarib, ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi.
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun mo’ljallangan bo’lib, mikrosxema ichiga o’rnatilgan ichki keshga ega.
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning ko’p vazifaligini yanada kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning ziddiyatli bo’lmasligini kafolatlab, ko’p sathli keshlashtirish jarayonini amalga oshirish uchun mo’ljallangan vositalar ishini qo’llabquvvatlaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling