Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari
IA-64 arxitekturali protsessorlar
Download 0.57 Mb.
|
IA-64 arxitekturali protsessorlar1995 yili birinchi 32 razryadli ko’p vazifali 80386 rusumli protsessor paydo bo’lganidan so’ng IA-64 arxitekturasi protsessorlar texnologiyasi sohasida eng ahamiyatli yutuq bo’lib qoldi. O’sha davrda IA-64 arxitekturasi ilk bor Itanium protsessorida joriy etilishi va 2000 yilda ishlab chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ushbu protsessor o’sha yillarda mavjud arxitekturalarda kuzatilgan cheklanishlarni yengib o’tishi hamda bo’lg’usi ravnaqi uchun ish unumdorligining zaxirasini ta’minlashi kutilgan. Itanium negizida tayyorlanadigan serverlar va ish stansiyalari EPIC (Explicitly Parallel Instruction Computing) deb nom olgan yangi funksional imkoniyatlar kompleksi tufayli misli ko’rilmagan ish unumdorligi, masshtablanishi bilan ajralib turishi rejalashtirilgan. Pentium mikroorocessorlari 80586 (R5) mikroprotsessorlari Intel firmasi tomonidan patentlantan Pentium tavar markasi bo`yicha ko`proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.). Bu mikroprotsessorlar besh pag’onali konveyerli strukturaga ega bo`lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko`p marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kesh-buferga ega bo`lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo`nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo`yicha ular har bir buyruqni go`yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MP lariga yaqinlashadi. Pentium 32razryadli adresli shinaga va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga egadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin. Hamma Pentium MP larida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kesh-xotira va 2-darajali kesh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki chastotasida ishlashini ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli texnikaviyli qo`shish, ko`paytirish va bo`lish bloklari bor bo`lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling