Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Download 0.57 Mb.
bet30/37
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1411282
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Tashqi xotira. Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi eslab qilish qurilmasi (TEQQ) judaa xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h. k.
Tashuvchi — ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega bo’lgan moddiy ob’ektdir.
Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TEQQ larni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). ShK da faqat strimerlar ishlatiladi.
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, ShK qidirilayotgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qayerda joylashishidan qatiy nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin.
Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilroqdir:
egiluvchan magnit disklardagi (EMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga, floppidisklarda yoki disketalarda;
qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (K, MDI) yoki vinchesterlar;
almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli effekti ishlatiladi;
floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptical-yig’uvchilar;
o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig’uvchilar;
— optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar;
— CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko’p marta o’qish) optik disklardagi yig’uvchilar;
magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY);
— raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b.
Diskli yig’uvchilarning tavsiflari 22-jadvaddd keltirilgan.
Izoh. Murojaat qilish vaqti o’rtacha vaqt oralig’i bo’lib, bu vaqt davonida yig’uvchi talab qilingan qiymatlarni topadi, o’qish yozish kallagini kerakli yo’lkaga to’g’ri keltirish va kerakli sektorni kutish uchun kerak bo’lgan vaqtlar yig’indisi ko’rinishiga egadir. Transfer — ketma-ket o’qishdagi qiymatlarni uzatish tezligi.
Murojaat qilish turlari: o’qish va yozish (O’/YO), o’qish (O’), o’qish va bir martalik yozish (O’/1YO).

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling