1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o’zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo’ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko’ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi
2300 ta tranzistor bo’lib, soniyada bor-yo’g’i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo’lib, o’z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda.
4004 rusumli mikroprotsessor
1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004 rusumli ushbu mikroprotsessor to’rt bitli bo’lgan, ya’ni u to’rt bitli sonlarni saqlay olgan, ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki undan hisoblab chiqargan bo’lib, kalkulyatorlarda qo’llash uchun mo’ljallangan. 4004 rusumli chip (yoki kristall) o’sha davrda dunyoda eng zo’r kompyuter sanalgan Amerika hukumatining ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof etildi. Jumladan, ushbu kompyuter soniyada 5000 yo’riq bajargan bo’lsa, 4004 esa
60000 yo’riqqa ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bo’lsa (uning o’lchami 1/6 ga 1/8 dyuym bo’lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut maydonni egallab, vazni 30 tonnadan ortiq bo’lgan. Xoffning ushbu ixtirosi o’z vaqtida Noysning integral sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Protsessorga o’shanda “chip ustidagi kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan kompyuter tomonidan amalga oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar mixning qalpog’idek keladigan chip ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun yo’l ochib bergan inqilobiy ixtiro bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |