Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Download 0.57 Mb.
bet9/37
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1411282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37

8008 rusumli mikroprotsessor


1972 yili Intel kompaniyasi o’zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati o’tmishdoshining quvvatidan ikki hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qo’lladi.

8080 rusumli mikroprotsessor


1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga chinakam muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “stek ”ining (rus. “stek”) paydo bo’lishi ayni shu mikroprotsessor bilan bog’liq bo’lib, kiritilgan har qanday dasturdan foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy kompyuterning “miya”si sifatida qo’llandi. 8086-8088 rusumli mikroprotsessor
1978 yili Intel firmasi birinchi bo’lib 16 bitli 8086 rusumli mikroprotsessorni ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan butun boshli mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bo’ldi. Sal o’tgach, uning o’rniga 8088 rusumli mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 mikroprotsessorining arxitekturasini takrorlagan bo’lsa ham, tashqi ma’lumotlar shinasi 8 bitni tashkil etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan bo’linmasi shaxsiy kompyuter yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, ushbu bo’linma tomonidan xarid qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 8088 rusumli protsessorni IBM PC ning miyasiga aylantirdi.

286 rusumli mikroprotsessor


1982 yili 286 rusumli mikroprotsessorning yaratilishi hisoblash texnologiyalariga oid yangi g’oyalar ishlab chiqilishida qo’yilgan navbatdagi katta qadam bo’ldi. Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan bo’lib, uni ishlab chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar arxitekturalarida erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki rejimda ishlay oladi, jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini bajaradi, virtual manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address Mode) yoki Prejimda esa dastur tuzadigan mutaxassisga ko’p imkoniyat va vositalarni havola etadi. 286 rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin yaratilgan mikroprotsessorlari uchun tuzilgan har qanday dasturni bajarish qobiliyatiga ega birinchi mikroprotsessor bo’ldi. Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bo’lganicha qolmoqda.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling