Yarim o’tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari Mikroprosessor turlari


Download 28.16 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1713401
1   2   3
Bog'liq
Mikroprosessorli tizimlarning sinflanishi

Induktivlik. Yarim o’tkazgichli IMSlarda induktivlik g’altagi va transformatorlar biror texnologiya asosida hosil qilinmaydi. Shuning uchun ular tranzistor, rezistor va kondensatorlarning biror tur ulanishi isobiga ekvivalent element sifatida olinadi. Tranzistorning emitter — kollektor oralig’iga ulangan o’zgaruvchan kuchlanishning bir qismi RC—zanjir orqali uning bazasiga uzatiladi. Agar R va S elementlar shunday bo’lsaki, R -tengsizlik bajarilsa, RC—zanjirdan utadigan tokning fazasi U kuchlanish fazasi bilan mos tushadi. Lekin
Uc kon-densator kuchlanishi undan 90° orqada qoladi. Kondensator kuchlanishi bazaga ta’sir etgani uchun kollektor tokini boshqaradi va u bilan mos fazada o’zgaradi. Shuning uchun 1K tok U kuchlanishdan 90° orqada qoladi. Demak, sxemadagi tranzistor U kuchlanishga induktiv qarshilik ta’sirini ko’rsatadi:
XL ekv ya’ni tranzistor ekv driaduktivlikka ekvivalent bo’ladi.
Mikrosxemalarni belgilash. IMSlarning turlarini aniklash GOST 18682—73 tasdiqlagan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning qanday shakl va texnologik asosda ishlab chiqarilganini, qanday maqsad uchun ishlatish mumkinligini hisobga oladi.
Ko’p mikrosxemalar manba kuchlanishining kattaligi, kirish va chiqish qarshiligi, signal sathi kabi kattaliklarni hisobga olgan holda to’plamlar seriyalarga birlashtiriladi. Bir seriyaga kiradigan mikrosxemalar shunday tanlanadiki, ulardan bir butun radioelektron qurilmani yasash mumkin bo’lsin.
Yasalish shakli va texnologiyasiga qarab IMS lar 3 ta guruhga bo’linadi va raqamlar orqali ifodalanadi:

  1. 1, 5, 6, 7—yarim o’tkazgichli mikrosxema;

  2. 2, 4, 8—duragay mikrosxema;

v) 3—pardasimon, vakuumli, keramikali (sopol) mikrosxema.
Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlar bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topadi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdagi shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi — ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali
(yangicha) raqam — seriyaning tartib nomerini ko’rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o’tkazgichli IMS deb o’qiladi. 252 seriya — 52— nomerli duragay mikrosxemadir.
Qanday maqsadga xizmat qilishiga qarab IMS lar yana guruh bo’limlari (podgruppa) va kurinishga ajratiladi. (Masalan, generatorlar, kuchaytirgichlar, mantikiy elementlar va boshqalar). U mikrosxema belgisida seriyadan keyin yoziladigan ikki harf bilan ifodalanadi: GS — garmonik tebranish generatori — DF-fazaviy detektor, UV—yuqori chastotali kuchaytirgich, UN — past chastotaviy kuchaytirgich, VX—mikrokalkulyator va boshqalar. Ular mikrosxemalarni belgilash jadvallarida ko’rsatiladi. Mikrosxema belgisining oxirida A dan Ya gacha bo’lgan harflar bo’lishi mumkin. Ular bir turdagi mikrosxemaning parametrlaridagi farqni ifodalaydi.
Mikrosxema belgisida seriya belgisidan oldin K, KM, KN, KR va KA harflar yozilgan bo’ladi. Ular mikrosxemani ishlab chiqargan zavoddan qabul qilib olinganlik shartini ifodalaydi. Bunda K harfi mikrosxemaning keng qo’llanish maqsadida ishlab chiqarilganini bildiradi. Masalan, K155IE 7 deb belgilangan mikrosxema quyidagicha o’qiladi: Keng qo’llanish maqsadida ishlab chiqarilgan 155 seriyadagi 7 tartibli (nomerli) schetchik (hisoblagich) vazifasini bajaradigan yarim o’tkazgichli mikrosxema; seriya tartibi (nomeri) 55.
Qobiqsiz mikrosxemalar belgisida seriya raqami oldidan B harfi, oxirida esa, chiziqchadan keyin biror raqam quyiladi. Bu raqam mikrosxemaning qanday shaklda yasalganligini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. DUET-Development of Uzbekistan English Teachers*- 2-том. CD ва DVD materiallari, Toshkent.: 2008.

  2. Michael McCarthy “English Vocabulary in use”. Cambridge University Press, 1999, Presented by British Council.

  3. Wayne Wolf. Computers as Components, Second Edition: Principles of


Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling