Yarim o‘tkazgichning muhim xususiyati shundan iboratki, ularda


Yarimo`tkazgichlarda energetik sohalarga ta`rif bering


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana24.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1064447
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yarimo

Yarimo`tkazgichlarda energetik sohalarga ta`rif bering. 
Atomdagi ixtiyoriy elektron energiyasi kabi, valent elektron energiyasi W ham 
diskret yoki kvantlangan bo'ladi. U energetik sath deb ataluvchi ma’lum ruxsat 
etilgan energiyaga ega bo'ladi. Qattiq jismda qo'shni atomlar bir-biriga juda yaqin 
joylashgan bo'lgani uchun energetik sathlar siljishi va parchalanishi yuzaga keladi, 
nat ijada ruxsat etilgan zona deb ataluvchi energetik zonalar hosil bo'ladi. Ruxsat 
etilgan zonalar orasida taqiqlangan zonalar )oy\asY\&d\. Energetik zonada ruxsat 
etilgan sathlar soni kristaldagi atomlar soniga teng. Ruxsat etilgan zonalar kengligi 
odatda bir necha elektron — voltni tashkil etadi. Ruxsat etilgan zonadagi minimal 
energetik sath ( W ) — zona tubi deb, maksimal sath ( Wv ) esa — zona shipi deb 
ataladi. Yarimo'tkazgich yoki dielektrikning ruxsat etilgan eng yuqori energetik 
sathlari o'tkazuvchanlik zona deb ataladi. Ushbu zona energiyalariga ega bo'lgan 
elektronlar yarimo'tkazgich hajmida tashqi elektr maydon ta’sirida harakatlanib 
elektr o'tkazuvchanlikni hosil qiladilar. O'tkazuvchanlik zonasiga tegishli energetik 
sathda joylashgan elektron o'tkazuvchanlik elektroni yoki .. erkin zaryad tashuvchi 
deb ataladi. Taqiqlangan zona ostida joylashgan ruxsat etilgan zona valent zona 
deb ataladi. 
Issiqlik muvozanat holati. P-N o`tishning to`g`ri va tekari ulash. 
Issiqlik muvozanati - modda almashinuvisiz sistemalar issiklik kontaktiga 
keltirilganda ularning tralari oʻzgarmaydigan termodinamik xolat. Agar ikki 
termodinamik muvozanatli sistemalarni modda alma-shinuvsiz issiklik kontaktiga 
keltirilganda issiklik almashinuvi sodir boʻlmasa, ularning holatlari oʻzgarmay-di va 
ular I. m. da boʻladi; issiklik almashinuvi sodir boʻlsa, ularning muvozanatli holatlari 
buziladi (biri qiziydi, ikkinchisi soviydi) va bir qancha vaqtdan keyin ikkala sistema 
boshqa I. m. li holatga keladi. 
Termodinamikaning asoslaridan biri: sistemaning harorati darajasini va uning 
oʻzgarishini aniqlaydigan I. m. li holatning funksiyasi — temperatura mavjudligidir. 
Jismning har bir I. m. li holati (haroratning har bir darajasi) ga shu jism xossasining 
(mas, hajm oʻzgarishi, elektr oʻtkazuvchanlik, nurlanish) birgina qiymati mos 
keladi; jism xossasining oʻzgari-shiga mos uning temperaturasi qiymatlari 
aniqlanadi. Bu etalon jism (termometr) ni boshqa sistema bilan issikdik kontaktita 
keltiriladi va I. m. ga kelganda ularning tralari aniqlanadi; ikki jism I. m. da boʻlsa, 
ular bir xil temperaturaga ega boʻladi. 





Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling