Yarim o‘tkazgichning muhim xususiyati shundan iboratki, ularda
Shottki diodining ishlash tamoyili
Download 1,57 Mb. Pdf ko'rish
|
Yarimo
Shottki diodining ishlash tamoyili
Metall-yarimo'tkazgich asosidagi potensial to'siq Shottki bareri (to'sig'i), diodlar esa — Shottki diodi deb yuritiladi. Aytilganlardan Shottki diodlarida noasosiy zaryad tashuvchilarning to'planishi va chiqarib yuborilishi bilan bog'liq diffuziya sig'imi nolga tengligi kelib chiqadi. Natijada Shottki diodlarining tezkorligi tok va kuchlanishlar o'zgarganda, jumladan tok va kuchlanishlar to'g'ridan teskariga va aksincha o'zgarganda faqat barer sig'imning metall qarshiligi orqali qayta zaryadlanish vaqti bilan belgilanadi. Kichik yuzaga ega bo'lgan bunday diodlarning qayta ulanish vaqti nanosekundning o'nlarcha va yuzlarcha ulushlarini tashkil etadi. Shunga mos ishchi chastotalar 3-H5 GGs ni tashkil etadi Shottki barerli diodlar qayta ulanish chastotalarini o‘nlarcha GGs va undan yuqori qiymatlarga yetkazish, radioelektron apparatlar massa va o‘lcham]arini kichiklashtirish va elektr manbalar FIK ni oshirish imkonini yaratgani munosabati bilan qayta ulanuvchi elektr manbalarda keng ko‘lamda ishlatiladi. Shottki diodi deb potential bareri metall - n yarimo'tkazgich orasidagi elektr o‘tish hisobiga hosil bo'luvchi diodlarga aytiladi. Shottki diodi qator afzalliklarga ega. Ularning ichida eng muhimi — diodning yuqori tezkorligi. Ularga to ‘g‘ri siljitish berilganda elektronlarning metalga injeksiyasi yuz berishi va u yerda 10-I2-M0-13 sek davomida ortiqcha energiyasini sochishi, hamda termodinamik muvozanat holatga o'tishlari hisobiga yuzaga keladi. Shottki diodlarini hosil qilishda yarimo'tkazgich sifatida n — kremniydan, metall sifatida esa — Al, Au, Mo va boshqalardan foydalaniladi. Bunday diodlarda diffuziya sig'imi nolga teng, barer sig'imi esa 1 pF dan ortmaydi. termoelektron emissiya toki haqida ma`lumot Termoelektron emissiya , Richardson effekti — oʻtkazgichlar, qattiq va baʼzan suyuq jismlardan issiklik energiyasi taʼsirida elektronlarning vakuum yoki boshqa muxitlarga chikish hodisasi. Bu hodisa vakuumda toza metallar (W, Mo, Ta) dan 2000 —2500 K trada va murakkab yarimutkazgichli katodlardan 1000 K trada kuzatiladi. Elektronlar jism sirti (emitter) dan tashqariga chiqishi uchun jism chegarasidagi potensial toʻsiqni yengishi zarur; past tralarda bu toʻsiqni yenga olmaydi. Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib, sirtdan oʻtib, sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi. Fazoviy zaryadning elektr maydoni Termoelektron emissiya jarayonini susaytiradi. Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan maʼlum masofada elektrod (anod)ga musbat potensial berilib, fazoviy zaryad tortib olinadi, yaʼni termoelektron tok hosil qilinadi. Termoelektron tok emitter — katod xossasiga, anod kuchlanishiga va traga bogʻliq. Termoelektron emissiya tokining maksimal toʻyinish qiymatining kuchlanishga bogʻlikligi Chayld — Lengmyur formulasi bilan ifodalanadi. Termoelektron emissi ya koʻpgina elektrovakuum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi. Uni dastlab 1900 —01 yillarda O.U. Richardson oʻrgangan. Richardson — Deshman formulasi yarimoʻtkazgichli emitterlar uchun ham oʻrinli, ammo bunda Termoelektron emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi. Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish, elektrovakuum va gazrazryad qurilmalarning asosini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling