Yarim o‘tkazgichli diodlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
p-n o‘tish hodisasi asosida ishlaydigan eng sodda yarim o‘tkazgichli asbob yarim
o‘tkazgichli diod deb ataladi. Uning shakli ko‘p faktorlarga bog‘liqdir. Masalan,
tashqi temperaturaga kontakt sohasining geometrik o‘lchamlariga, tok tashuvchilar
miqdoriga teskari kuchlanish kattaligiga va h.k.
Amaliy jihatdan bu faktorlarinning teskari tokka bo‘lgan ta‘siri katta
ahamiyatga ega. Masalan muhit haroratining ko‘tarilishi yoki teskari kuchlanishi biror
qiymatgacha oshirilishi teskari tokning birdan ko‘payib ketishiga, natijada p-n
o‘tishning buzilishiga,sabab bo‘ladi. Shulardan issiqlik va elektr buzilishini ko‘raylik
yarim o‘tkazgichli diodning sxemada belgilanishi va to‘lqin volt-amper
xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Unda 1-chiziq issiqlik bo‘lishi, 2-chiziq esa, elektr
buzilishini ko‘rsatadi.
Kontakt sohasining kengligiga qarab yarim o‘tkazgichli diodlar nuqtaviy va
yassi diodlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |