Yarimo‘tkazgichli xotira mikrosxemalari.
Sinflanishi va asosiy parametrlari. Statik OXQlari. Dinamik OXQlari. DXQ
mikrosxemalari.
Qurilma xotirasi deb dasturlar, kiritilayotgan ma’lumotlar, oraliq
natijalar va olinayotgan ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar
majmuiga aytiladi. Xotiraning sinflanishi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Xotiraning sinflanishi.
Ichki xotira mikroprotsessor tomonidan qayta ishlanayotgan unchalik
katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan.
Tashqi xotira qurilma o‘chirilgan yoki yoqilganidan qat’iy nazar katta
hajmdagi ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun mo‘ljallangan.
Qurilma tarmoqdan o‘chirilganda yo‘qolib ketadigan xotira, energiyaga
bog‘liq bo‘lgan xotira deb ataladi, ma’lumotlar yo‘qolib ketmasa – energiyaga