Statik OXQlarda yozilgan ma’lumot doim unga ajratilgan aniq joyda
saqlanadi va ma’lumot o‘qilganda yo‘qolib ketmaydi. Ma’lumot faqat majburiy
o‘chirilganda yoki ta’minot manbasidan qurilma o‘chirilganda yo‘qolishi
mumkin.
Statik yarimo‘tkazgichli XQlar bipolyar va MDYa-tranzistorlarda
bajarilgan xotira elementlari (triggerlardan) tashkil topadi. Bu turlarning har biri
uning qo‘llanish sohasini belgilab beradigan afzallik va kamchiliklariga ega.
OXQlar ishlashi uchun 3 ta signal va mos ravishda 3 ta sim qo‘llaniladi.
Birinchi signal o‘qishga ruxsat deb ataladi, agar bu signal qabul qilinsa
xotiradan bayt ko‘rinishidagi ma’lumot o‘qiladi. Ikkinchi signal yozishga ruxsat
deb ataladi va bu signal olingach bayt xotiraga yoziladi. Bir vaqtning o‘zida
ikkala signal uzatilishi mumkin emas. Uchinchi signal – tayyorgarlik signali deb
ataladi va xotira protsessorga murojaat qilib, buyruqlarni bajarishga tayyor yoki
tayyor emasligini bildirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |