Yarimo‘tkazgichli xotira mikrosxemalari
Download 289.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinamik OXQlarda ma’lumot doimiy ravishda unga ajratilgan massivda
aylanib yuradi. Bunda ma’lumot o‘qilsa, u yo‘qoladi. Uni saqlab qolish uchun ma’lumotni qayta yozish talab etiladi. Buning uchun EXEdagi ma’lumot davriy ravishda o‘qib turiladi va talab etilgan kuchlanish darajasida qayta tiklanadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan OXQlarda EXE kondensatorlarining regeneratsiya zaryadi har 1…2 ms vaqt oralig‘ida bajariladi, bu esa 0,1…1 kGs regeneratsiya chastotasiga mos keladi. Statik OXQlarga nisbatan dinamik OXQlar kichik tezkorlikka ega, lekin ular nisbatan sodda, arzon va yuqori integratsiya darajasini ta’minlaydilar, ya’ni yuqori saqlanish hajmiga ega bo‘lgan ISlarni ishlab chiqarishga imkon beradi.
qoladigan ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Bu ma’lumot qurilma manbadan o‘chirilgandan so‘ng ham yo‘qolmaydi. Shuning uchun DXQlar faqat o‘qish rejimida ishlaydi va o‘qilgach ma’lumot yo‘qolmaydi. DXQ sinfi bir turli emas va bir necha mustaqil sinflarga bo‘linishi mumkin. Lekin bu sinflarning barchasida ma’lumot bir xil prinsipda ifodalanadi. DXQlarda ma’lumot adres shinasi (ASh) va ma’lumot shinasi (MSh) orasidagi bog‘lanish mavjud yoki mavjud emasligi ko‘rinishida ifodalanadi. Bu jihatdan DXQ EXEsi dinamik OXQ EXEsi kabidir. Chunki dinamik OXQ EXEsida S P
kondensator yoki qisqa tutashtirilgan, yoki sxemadan olib tashlangan. 4x8 li tashkil etilgan sodda DXQ sxemasi 2-rasmda keltirilgan. U ikkita adres shinaga ega bo‘lgan deshifrator, chiqish shinalari va diodlarning DXQda yozilgan ma’lumot so‘zi soni “1”ga teng bo‘lgan sakkizta R B0 - R
B 7 ballast rezistorlaridan iborat. Deshifrator chiqishida yuqori darajadagi kuchlanish hosil bo‘lsa, ASh va MShlar orasida bog‘lanish mavjudligi tufayli, bu kuchlanish mos ballast rezistorga uzatiladi va bu to‘g‘ri mantiqda shinada “1” signali qabul qilinganini anglatadi. Tegishli bog‘lanishlar mavjud bo‘lmasa mos rezistorlardan tok oqib o‘tmaydi, demak “0” signali qabul qilinganini anglatadi. ASh va MShlari orasidagi aloqa turi va tashkil etilishidan kelib chiqqan holda
barcha DXQlar
uch guruhga
bo‘linali: niqobli, eritiluvchi (dasturlanuvchi) va qayta dasturlanuvchi. Download 289.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling