Yarimo‘tkazgichli xotira mikrosxemalari


Download 289.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.01.2022
Hajmi289.97 Kb.
#242359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
dasturlanuvchi va qayta dastrulanuvchi

Energiyaga  bog‘liq    bo‘lgan  ichki  xotiraga  operativ  xotira  qurilmasi 

(OXQ), videoxotira va kesh-xotiralar kiradi. 

OXQda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, uni amalga oshirayotgan dastur, 

oraliq va yakuniy natijalar ikkilik sanoq tizimida saqlanadi. OXQlarda ixtiyoriy 

vaqtda  ixtiyoriy  tanlangan  xotira  yacheykasiga  ma’lumot  kiritish,  o‘qish  va 

saqlab  qo‘yish  mumkin.  OXQlarning  bu  xususiyati    ularning  ingliz  tilidagi 

nomida  aniq  aks  etgan  -  RAM  (Random  Access  Memory  –  ixtiyoriy  murojaat 

uchun  xotira).  DXQlarda  ixtiyoriy  ma’lumotga  tez  murojaat  amalga  oshiriladi. 



Bunday  xotira  murakkab  elektron  sxemalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  qurilma 

qobig‘ining ichiga joylashtiriladi. 

Operativ  xotiraning  ma’lum  qismi  monitor  ekranida  hosil  qilinadigan 

tasvirlarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, videoxotira deb ataladi. Videoxotira 

qancha  katta  bo‘lsa,  qurilma  shunchalik  murakkab  va  sifatli  tasvirlarni  hosil 

qilishi mumkin. 

Katta  tezlikdagi  kesh-xotira  qurilma  tomonidan  amallarni  tez  bajarish 

imkonini  beradi  va  mikroprotsessor  va  OXQ  o‘rtasidagi  ma’lumotlar 

almashinuvida  qo‘llaniladi.  Kesh-xotira  oraliq  xotira  qurilmasi  (bufer) 

hisoblanib,  uning  ikki  turi  mavjud:  protsessor  ichiga  o‘rnatiladigan  –  ichki 

hamda bosmaga o‘rnatiladigan – tashqi. 

Tashqi  xotira  ixtiyoriy  murojaat  va  ketma-ketli  murojaat  uchun  bo‘lishi 

mumkin. 


Download 289.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling