Ixtiyoriy murojaat uchun xotira qurilmalari bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy
ma’lumotlar blokiga murojaat qilish imkonini beradi.
Ketma-ketli murojaat uchun xotira qurilmalari kerakli ma’lumotlarga
ketma-ket murojaat qilish imkonini beradi. Bu usulda talab etilayotgan xotira
blokidan ma’lumot olish uchun, undan oldingi barcha blokdagi ma’lumotlarni
o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
Xotira qurilmalarining barcha turlari o‘zining afzalligi va kamchiliklariga
ega. Ichki xotira katta tezlikka ega, lekin hajmi cheklangan. Tashqi xotira esa
aksincha, kichik tezkorlikka ega, lekin hajmi cheklanmagan. Shu sababli
qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar doimiy izlanishda bo‘lib, ular orasida
mutanosiblik bo‘lishi harakat qilishadi, chunki operativ xotira hajmi
EHMlarining asosiy xarakteristikasi va mahsuldorligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |