Yarimo‘tkazgichli xotira mikrosxemalari


Download 289.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana08.01.2022
Hajmi289.97 Kb.
#242359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dinamik  OXQlarda  ma’lumot  doimiy  ravishda  unga  ajratilgan  massivda 

aylanib  yuradi.  Bunda  ma’lumot  o‘qilsa,  u  yo‘qoladi.  Uni  saqlab  qolish  uchun 

ma’lumotni qayta yozish talab etiladi. 

Buning  uchun  EXEdagi  ma’lumot  davriy  ravishda  o‘qib  turiladi  va  talab 

etilgan  kuchlanish  darajasida  qayta  tiklanadi.  Hozirgi  kunda  ishlab 

chiqarilayotgan  OXQlarda  EXE  kondensatorlarining  regeneratsiya  zaryadi  har 

1…2 ms vaqt oralig‘ida bajariladi, bu esa 0,1…1 kGs regeneratsiya chastotasiga 

mos keladi. 




Statik  OXQlarga  nisbatan  dinamik  OXQlar  kichik  tezkorlikka  ega,  lekin 

ular nisbatan sodda, arzon va yuqori integratsiya darajasini ta’minlaydilar, ya’ni 

yuqori saqlanish hajmiga ega bo‘lgan ISlarni ishlab chiqarishga imkon beradi. 

Doimiy  XQ  (DXQ)lar  qurilmaning  ish  faoliyati  davomida  o‘zgarishsiz 

qoladigan  ma’lumotlarni  saqlash  uchun  mo‘ljallangan.  Bu  ma’lumot  qurilma 

manbadan o‘chirilgandan so‘ng ham yo‘qolmaydi. Shuning uchun DXQlar faqat 

o‘qish rejimida ishlaydi va o‘qilgach ma’lumot yo‘qolmaydi. 

DXQ  sinfi  bir  turli  emas  va  bir  necha  mustaqil  sinflarga  bo‘linishi 

mumkin. Lekin bu sinflarning barchasida ma’lumot bir xil prinsipda ifodalanadi. 

DXQlarda  ma’lumot  adres  shinasi  (ASh)  va  ma’lumot  shinasi  (MSh)  orasidagi 

bog‘lanish  mavjud  yoki  mavjud  emasligi  ko‘rinishida  ifodalanadi.  Bu  jihatdan 

DXQ  EXEsi  dinamik  OXQ  EXEsi  kabidir.  Chunki  dinamik  OXQ  EXEsida  S

P  


kondensator yoki qisqa tutashtirilgan, yoki sxemadan olib tashlangan. 

4x8  li  tashkil  etilgan  sodda  DXQ  sxemasi  2-rasmda  keltirilgan.  U  ikkita 

adres  shinaga  ega  bo‘lgan  deshifrator,  chiqish  shinalari  va  diodlarning  DXQda 

yozilgan  ma’lumot  so‘zi  soni  “1”ga  teng  bo‘lgan  sakkizta  R

B0

    -  R


B 7

  ballast 

rezistorlaridan iborat. 

Deshifrator chiqishida  yuqori darajadagi kuchlanish hosil bo‘lsa, ASh va 

MShlar  orasida  bog‘lanish  mavjudligi  tufayli,  bu  kuchlanish  mos  ballast 

rezistorga uzatiladi va bu to‘g‘ri mantiqda shinada “1” signali qabul qilinganini 

anglatadi.  Tegishli  bog‘lanishlar  mavjud  bo‘lmasa  mos  rezistorlardan  tok  oqib 

o‘tmaydi, demak “0” signali qabul qilinganini anglatadi. 

ASh  va  MShlari   orasidagi  aloqa  turi  va tashkil  etilishidan  kelib  chiqqan 

holda 


barcha 

DXQlar 


uch 

guruhga 


bo‘linali:  niqobli,  eritiluvchi 

(dasturlanuvchi) va qayta dasturlanuvchi




Download 289.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling