Yarimutkazgi chdiodla r


YOrug‘lik diodi (YOD). Nurlantiruvchi yuzali (sirtdan nurlantiruvchi) va nurlantiruvchi kesimli (yonidan nurlantiruvchi) YODlari. YODlarining tavsif va parametrlari


Download 303.78 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi303.78 Kb.
#236884
1   2   3   4   5
Bog'liq
yorug'lik diod

YOrug‘lik diodi (YOD). Nurlantiruvchi yuzali (sirtdan nurlantiruvchi) va nurlantiruvchi kesimli (yonidan nurlantiruvchi) YODlari. YODlarining tavsif va parametrlari

7.1. YOrug‘lik diodi (YOD). Nurlantiruvchi yuzali (sirtdan nurlantiruvchi) va nurlantiruvchi kesimli (yonidan nurlantiruvchi) YODlari. YODlarining tavsif va parametrlari

YUqorida qayd etilganidek, yorug‘lik diodi nokogerent optik nurlanishga misol bo‘la oladi. Bunday manbalarning asosi bo‘lib, to‘g‘ri o‘tishli yarim o‘tkazgich xizmat qiladi (GaAs va boshqalar). Unda o‘tkazuvchanlik zonasidagi elektronlar kristall panjara tugunlari bilan to‘qnashmaydi, ya’ni energiya miqdorini saqlab valent elektronlar zonasiga o‘tadi va kovaklar bilan qaytadan bog‘lanadi. Bunday o‘tishda spontan nurlanish vujudga keladi.

GaAs va boshqa birikmalar asosidagi ikki yoki undan ortiq elementlardan tashkil topgan yarim o‘tkazgichlar ko‘pincha to‘g‘ri o‘tishli yarim o‘tkazgichlar hisoblanadi va yorug‘lik oson nurlantiriladi. Agar 3-4 turdagi elementlardan foydalanilsa (aralashma yarim o‘tkazgichlar), komponentlarning o‘zaro nisbatiga mos holda taqiqlangan zona Eq energiyasi o‘zgaradi. Bu bilan turli to‘lqin uzunliklarini nurlantiruvchi manbalarni yaratishga imkon tug‘iladi. Komponentlarning o‘zaro nisbatini o‘zgarishidan sindirish koeffitsienti ham o‘zgaradi. 7.1-jadvalda kimyoviy birikmalar asosida olingan yarim o‘tkazgichlarning bir necha turlari berilgan va ularning optik nurlanish diapazoni ko‘rsatilgan [4].

7.1-jadval




Download 303.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling