Yassi chuvalchanglar tipi


Download 55.06 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi55.06 Kb.
#1274828
Bog'liq
yassi chuvalchanglarr


Yassi chuvalchanglar tipi
1. Pomidor, bodring ildizida no‘xatdek shish hosil bo‘lishi, hosilining kamayishi va tez orada halok bo‘lishi qaysi parazitga bog‘liq?
A) jigar qurtining dumli lichinkasiga
B) bo‘rtma nematodaga
C) yalang‘och shilliqqa
D) agrobakteriumga

2. Nima uchun parranadalar ozig‘iga chuvalchanglar qo‘shib berilganda ular ko‘p tuxum qiladi?


A) ular tarkibida vitaminlar ko‘p
B) ular tarkibida yog‘lar ko‘p
C) ular tarkibida uglevodlar ko‘p
D) ular tarkibida oqsillar ko‘p

3. Nereidaning dastlabki juft oyoqlari nima hisobiga hosil bo‘lgan?


A) nereidaning oyog‘i bo‘lmaydi
B) tananing ikki yonidagi muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan tuklar
C) tananing- oldingi tomonida joylashgan yonidagi siyrak va kalta tuklar
D) tananing orqa tomonidagi, siyrak va kalta tuklar

4. Nerv hujayralari tanada tarqoq joylashgan organizmlar to‘g‘ri keltirilgan qatorni ko‘rsating.


A) aureliya, qizil korall polipi, aktiniya
B) aktiniya, oq planariya, meduza
C) gidra, aureJiya, nozema
D) qizil korall polipi, oq planariya, jigar qurti

5. Meduza va halqali chuvalchanglar uchun umumiy bo‘lgan xususiyat(lar)ni ko‘rsating? 1) tanasi ektoderma va endodermadan iborat 2) tanasi organ va to‘qimalarga bo‘lingan 3) ayirish sistemasi voronkasimon naychalardan iborat 4) faqat dengizlarda tarqalgan 5) jinssiz ko‘payishi tanasining bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi orqali amalga oshadi 6) jinssiz ko‘payishi tanasining ikkiga bo‘linishi orqali amalga oshadi 7) hujayra qobig‘iga ega emas 8) reaktiv harakat qiladi


A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 6,7,8 D) 6,7

6. Oraliq xo‘jayinsiz rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko‘rsating.


1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 5 D) 3, 5

7. Ko‘p tukli halqali chauvalachanglar lichinkalarining qaysi belgilalari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqanligini ko‘rsatadi? 1) tanasida kipriklarining bo‘lishi 2) qon aylanish sistemasining bo‘lishi 3) ayirish sistemasining tuzilishi 4) anal teshigining bo‘lishi 5) nerv sistemasining tuzilishi


A) 1,2,3 B) 1,3 C) 1,3,5 D) 2,4
8. Ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste'mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirish mumkin?
A) nereida B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) exinokokk D) jigar qurti
9. Kiprikli chuvalchanglarni parazit holda yashashga moslanishn tufayli qaysi hayvonlar kelib chiqqan?
A) to‘garak chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar
B) so‘rg‘ichlilar, yumaloq chuvalchanglar
C) so‘rg‘ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar
D) askarida, ostritsa, gijja

10. Keltirilgan parazitlarni qayerda parazitlik qilishini aniqlang?


1) bo‘rtma nematoda, 2) cho‘chqa tasmasimon chuvalchang, 3) exinokokk, 4)bolalar gijjasi,
5) jigar chuvalchangi, a) o‘simlikning yer ostki qismida; b) o‘simlikning yer ustki qismi; c) odam ichagi; d) it va yirtqichlarning ichagi; e) odam jigari.
A)1a, 2c, 3d, 4c, 5e B) 1b, 2c, 3d, 4e, 5c C) 1a, 2d, 3d, 4c, 5c D) 1b, 2c, 3a, 4a, 5e

11. Planariyaning ovqat hazm qilish organlarini aniqlang?


A) og‘iz, halqum, oshqozon, ichak
B) og‘iz, halqum, ichak
C) og‘iz, ichak, oshqozon, kloaka
D) og‘iz, til, halqum, ichak

12. Planariyaning ozigi qayerda hazm bo‘ladi?


A) ichagida B) halqumda
C) oshqozonida D) qizilo‘ngachda

13. Gеrmafrodit hayvon bеrilgan javobni bеlgilang.


A) zaxkash B) gijja C) oq planariya D) ostritsa

14. Gijjalarga xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmgan (b) xususiyatlarni juftlab ko‘rsating?


1) jigar, o‘pka, mushaklar orasida yashaydi 2) germofrodit 3) oraliq xo‘jayinga ega 4) so‘rg‘ichlari doirasimon 5) qizilo‘ngach rivojlangan 6) og‘iz teshigi 3 juft lab bilan o‘ralgan 7) faqat ichakda parazitlik qiladi 8) tana bo‘shlig‘iga ega emas
A) a-1,4,5,8; b-2,3,6,7 B) a-3,4,5,6,7; b-1,2,8
C) a-5,6,7; b-1,2,3,4,8 D) a-1,5 b-2,3,4,6,8

15. Faqat odam organizmida rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko‘rsating.


1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 5 D) 3, 5

16. Erkin yashovchi hayvonlar keltirilgan qatorni aniqlang.


1) planariya; 2) exinokokk; 3) bolalar gijjasi; 4) nereida; 5) triponosoma
A) 3, 4, 5 B) 2, 5 C) 1,2,3 D) 1, 4

17. Erkak va urg‘ochisinmi farq qilib bo‘lmaydigan organizmlarni ko‘rsating?


1) perlovitsa 2) bitiniya 3) dreysena 4) midiya 5) tridakna 6) exinokokk 7) nereida 8) o‘troq dengiz chuvachangi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,5 C) 2,6,7,8 D) 1,2,4

18. Dengizda (a) va chuchuk suvda (b) yashovchi halqali chuvalchanglarni juftlab ko‘rsating? 1) nereida; 2) o‘troq chuvalchang; 3) qizil chuvalchang


A) a - 2, 3; b - 1 B) a - 1; b - 2, 3
C) a - 2, 3; b - 2 D) a - 1, 2; b – 3

19. Anal teshigi bo‘lmagan (a) va bo‘lgan (b) chuvalchanglarni juftlab ko‘rsating?


1)exinokokk; 2) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 3) nereida; 4) bolalar gijjasi; 5) jigar qurti
A) a-1, 5; b-2, 3, 4 B) a-2, 5; b-1, 3, 4
C) a-1, 3, 5; b-2, 4 D) a-1, 2, 5; b-3, 4

20. Askarida va bolalar gijjasini yuqitirmaslik uchun nimalar qilish lozim?


A) daydi itlarga qarshi kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
B) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
C) shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiy rioya qilish, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
D) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, daladan keltirilgan ko‘katlarni yaxshilab yuvish

21. Askarida ayirish sistemasining oq planariyanikidan farqini ko‘rsating?


A) ikki yon tomonida joylashgan yirik naylar tananing orqa qismida teshiklar bilan ochiladi
B) zararli mahsulotlar uchi berk naychalarga sizib o‘tadi
C) ikkita ayirish naylari birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi
D) ayirish naychalari voronkasimon naychalardan iborat

22. Askarida(a) va yomg‘ir chuvalchang(b)ga xos belgilarni farqlang?


1)lichinka davri yo‘q; 2)tanasi qalin kutikula bilan qoplangan; 3)erkin yashovchi; 4)germafrodit; 5)ayrim jinsli; 6)tana devoir tashqi va ichki epiteliydan iborat; 7)lichinka davri mavjud;
A) a-2,5,7; b-1,3,4,6 B) a-2,4,5,7; b-1,3,6
C) a-1,2,4,6; b-3,5,7 D) a-3,5,7; b-1,2,4,6

23. Askaridaning jinsiy sistеmasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana bo‘shlig‘ida ... holda joylashgan.


A) duksimon B) naysimon C) taxlangan D) buralgan

24. Askaridaning lichinkasi qon orqali o‘pkaga borishdan oldin qaysi organlardan o‘tib boradi?


A) jigar, taloq B) jigar, yurak
C) taloq, buyrak D) ichakdan to‘gri o‘pkaga boradi

25. Askaridaning tuxumi qayerga tushadi va undan chiqadigan lichinkalar qancha vaqtda rivojlanadi? 1) suvga; 2) nam joyga; 3) odam ichagiga; a) 2-3 kun; b) 4-5 kun; v) 2-3 hafta


A) 3-b B) 1, 2- b C) 2-v D) 3-a

26. Bo‘rtma nematoda ayniqsa ……. oilalar vakillariga katta zarar yetkazadi.


1) loladoshlar 2) ziradoshlar 3) ituzumdoshlar 4) qovoqdoshlar
5) gulxayridoshlar
A) 1,2,4 B) 2,4,5 C) 3,4,5 D) 1,4,5

28. Bo‘rtma nematoda qaysi ituzumdoshlar vakillida parazitlik qiladi?


A) kartoshka, ituzum B) kartoshka, pomidor
C) baqlajon, izen, garmdori D) pomidor, tamaki

29. Bo‘rtma nematoda qaysi o‘simliklarda parazitlik qiladi?


A) bodring, pomidor, kartoshka B) kanop, beda, sebarga
C) makkajo‘hori, arpa, g‘o‘za D) barchasi

30. Bo‘rtma nematodalar ituzumdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi?


A) ituzum, baqlajon B) kartoshka, pomidor
C) mingdevona, bangidevona D) kartoshka, baqlajon

31. Bo‘rtma nematodalar qovoqdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazltlik qiladi?


A) qovun, tarvuz B) qozonyuvg‘ich. tarvuz
C) handalak, tarvuz D) bodring, qovun

32. Bolalar gijjasi (1), exinokokk (2), nereida (3) va qizil chuvalchang (4)lar qaysi tiplarga mansub? a) yassi chuvalchanglar; b) to‘garak chuvalchanglar; c) molluskalar; d) halqali chuvalchanglar


A) lb, 2a, 3c, 4d B) la, 2b, 3d, 4c
C) lb, 2a, 3d, 4d D) lb, 2a, 3d, 4c

33. Ayirish sistemasi uchi yopiq (a) va uchi ochiq (b) naychalardan tuzilgan organizmlarni ko‘rsating? 1) bolalar gijjasi 2) odam askaridasi 3) qizil chuvalchang 4) nereida 5) dengiz ko‘p tuklisi 6) ko‘p tukli chuvalchanglar lichinkasi


A) a-2,6 b-1,3,4,5 B) a-1,2,6 b-3,4,5
C) a-1,2,4 b-3,5,6 D) a-4,5,6 b-1,2,3

34. Ayrim jinsli organizmlarni ko‘rsating?


1) perlovitsa 2) bitiniya 3) dreysena 4) midiya 5) tridakna 6) exinokokk 7) nereida 8) o‘troq dengiz chuvachangi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,5 C) 2,6,7,8 D) 1,2,4

35. Cho‘chqa qaysi parazit organizmning oraliq(1) va asosiy (2) ho‘jayini sanaladi


A)1-jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2-exinokokk
B)1- cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 2- cho‘chqada voyaga yetgan organizm parazitlik qilmaydi
C) 1- exinokokk ; 2 -jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
D) 1-cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2- jigar qurti

36. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi odamga qanday holatida yuqadi?


A) finna B) spora
C) voyaga yetgan D) tuxum

37. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimon chuvalchangidan nimasi bilan farq qiladi?


A) lichinkalik davridagi turlicha o‘zgarishlari bilan
B) boshidagi ilmoqlari bilan
C) so‘rg‘ichlarining soni va tuzilishi bilan
D) turli organizmlarda yashashi bilan

38. Chuchuk suvlarda yashaydigan qizil chuvalchang qaysi hayvonlar tipiga va sinfiga xos?


A) halqali chuvalchanglar tipi; ko‘p tuklilar sinfi
B) yassi chuvalchanglar tipi; kipriklilar sinfi
C) halqali chuvalchanglar tipi; kam tuklilar sinfi
D) yassi chuvalchanglar tipi; so‘rg‘ichlilar sinfi

39. Chuvalchangning ko‘payish paytida chiqadigan shilimshiq modda uning qaysi qismidan ajraladi?


A) urug‘donidan B) tuxumdonidan
C) belbog‘chasidan D) teri epiteliysidan

40. Dastlab to‘garak (a) va halqali (b) chuvalchanglarda paydo bo‘lgan belgilarni ko‘rsating?


1) tana boshlig‘i 2) tana boshlig‘I devoir 3) ichakning ixtsoslashishi 4) anal teshigi 5) qon aylanish sistemasi 6) voronkasimon uchi ochiq naychalar 7) halqum usti va osti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiri
A) a-1,2,3,4 b-5,6,7 B) a-1,3,4 b-2,5,6,7
C) a-1,3,5 b-4,5,6,7 D) a-1,2,6 b-3,4,5,7

41. Exinokokk tuxumlari qanday yo‘l bilan odamga yuqadi?


A) yaxshi yuvilmagan savzavotlar orqali
B) yaxshi pishirilmagan mol go‘shti orqali
C) zararlangan jigar orqali
D) kasal itni silaganda

42. Exinokokk parazit chuvalchangining asosiy xo‘jayinini aniqlang.


A) odam, qoramol
B) odam, uy hayvonlari
C) yirtqich hayvonlar
D) baliq, odam

43. Exinokokka xos bo‘lmagan belgi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.


A) tuxuraga to‘lgan pufakchaiar (finnalar) odamning axlati bilan tashqariga chiqadi
B) tanasi 5-6 bo‘g‘imdan iborat
C) boshida 4 ta so‘rg‘ichlari mavjud
D) tuxumga to‘lgan oxirgi bo‘g‘imi axlat bilan tashqariga chiqadi

44. Finna hosil qilmaydigan chuvalchanglarni ko‘rsating?


1) jigar qurti
2) bolalar gijjasi 3) exinokokk 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
5) qoramol tasmasimon chuvalchangi
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,6

45. Gavda yoki boshida so‘rg‘ichlari bo‘lmagan(a), 2ta(b), 4ta(v) so‘rg‘ichlari bo‘lgan hayvonlar keltirilgan qatorni aniqlang?


1) bolalar gijjasi; 2)exinokokk; 3)jigar qurti; 4)cho‘chqa tasmasimon chuvalchang
A) a-1, b-2,3; v-4 B) a-3, b-1; v-2,4
C) a-1, b-3; v-2,4 D) a-1, b-2,4; v-3

46. Jigar qurti (1), qoramol tasmasimon chuvalchangi (2), exinokokk (3), askarida (4) qaysi holatda odamga yuqadi? a) sista; b) finna; c) tuxum; d) olti ilmoqli lichinka; e) dumli lichinka; f) kiprikli lichinka.


A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c B) 1-b, 2-f, 3-d 4-c
C) 1-e, 2-b 3-d 4-a D) 1-d 2-e, 3-c, 4-b

47. Jigar qurtini yuqtirmaslik uchun ...


A) go‘sht mahsulotlarini yaxshi pishirib iste‘mol qilish lozim
B) shaxsiy gigiyena qo‘ldalariga qat‘iy rioya qilish, ya‘ni ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish kerak
C) ko‘lmak suvlarni ichmaslik, daladan yig‘ib keltirilgan ko‘katlami yaxshi yuvmasdan iste‘mol qilmaslik lozim
D) meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste‘mol qilish zarur
48. Jigar qurtining qoramol tasmasimon chuvalchangidan farqi nimada?
A) hazm organlari rivojlangan
B) hazm organlari rivojlanmagan
C) yassi chuvalchanglar tipining vakili
D) parazit hayot kechiradi

Download 55.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling