Yatrokimyo va uning mashxur namoyondalari Reja: Yatrokimyoning rivojlanishi


Download 264.9 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi264.9 Kb.
#1714726
Bog'liq
Kimyo Tarixi

Yatrokimyo va uning mashxur namoyondalari

Reja:

1.Yatrokimyoning rivojlanishi

2.Teofrast Paratsels

3.Andreas Libaviy

4.Daniil Zennert

5.Anjelo Sala

6.Otto Taxeniy

Alkimyogarlar metallarni oltinga aylantirishdan tashqari kishini barcha kasalliklardan forig’ qiluvchi eliksir va hamma moddalar uchun universal erituvchi alkagest yaratish ustida ham tinmay izlanishardi. Klavdiy Galen (e.o. 201-131 yy ) qadimgi rim shifokori, jarroh va antik davr tibbiyot olamining Gippokratdan keyingi 2 yorqin yulduzi bo’lib, 450 dan ortiq asarlar muallifi, ilmiy tibbiyot asoschisi, qon tomir urishining 27 xil ko’rinishda bo’lishini aniqlab, uni bemorlarga tashxis qo’yishda qo’llagan. U Aristotelning tabiatni tashkil etuvchi to’rt unsur haqidagi ta’limotini inson organizimiga ham tadbiq qildi. Uning fikricha, inson organizimida bu to’rt element muayyan miqdoriy nisbatlarda bo’ladi, agar organizmda bu moddalardan birortasinining miqdori ortsa yoki kamaysa, u kishi kasallikka uchraydi. Uning asarlarida 340 dorivor o’simlik, 80 turli hayvonlar va 60 minerallarning dorivor tayyorlashda qo’llash imkoniyatlari berilgan bo’lib, hozirgacha ham oddiy dorilarni Galen preparatlari deyiladi. Dorilar haqidagi fan-farmakognoziya Al-Kindiy, Ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu ali Ibn Sino va boshqa Sharq hakimlari asarlarida batafsil keltirilgan.O’simlik va hayvonot dunyosidan dori tayyorlashga qo’shimcha qilib kimyoviy usullar bilan ham dori tayyorlashni birinchi marta Ibn Sino qo’llagan, ammo XVI asrgacha bu usuldan juda kam foydalanishgan.


Download 264.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling