Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi


Download 14.03 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi14.03 Kb.
#1080293
Bog'liq
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi


Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz olardim, deya niyat qilibdi. Shohona darvoza oldiga kelib, qo‘lidagi o‘roq, yelkasidagi ketmonni yerga qo‘yib, „Bismilloh“, deb ichkari kirib, safga qo‘shilibdi. Bahs avjiga chiqqan ekan.
O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:
– Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashibdi. Shoh ham qarsak chalibdi.
Navbat dehqon yigitga kelibdi.
– Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, – deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yibdi. Atrofdagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.
– Shohanshohim, – deb so‘rabdi hakamlardan biri. – Birinchi ishtirokchi o‘z so‘zini aytganida yengilgina qarsak chaldingiz, ikkinchi qatnashchi so‘zini aytganida esa o‘rningizdan turib ketdingiz. Sabab ne? Buni biz – ha-kamlarga ayting, – debdi.
– Aslida ikkovlari ham foydali so‘zni aytishdi, lekin birinchisi „yomonlik“ deyishi bilan negadir qalbim muzlab ketgandek bo‘ldi. Ikkinchisi yaxshilik degan so‘zni aytishi bilan qalbimdagi muz erib ketgandek bo‘ldi. Shuning uchun o‘rnimdan turib qarsak chaldim. To‘g‘ri so‘zni, chiroyli so‘zni yoqimli qilib aytgani uchun birinchi sovrin shu dehqon yigitga berilsin, –deb farmon beribdi.
Download 14.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling