Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari

Download 276.88 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi276.88 Kb.
#1394927
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari

Ezgulik va yovuzlik.

Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik. Ezgulik Etikadagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo’ladi. “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” uchligi “Avesto” dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan.

Ezgulik – insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig’iga o’rash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushmanni”, ya’ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo’lgani uchun jisman yo’qotish, qanchalik bo’yab-bejalmasin, ezgulik bo’lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon. Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o’lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling