Yechish jarayonini m odellashtirish


) Ukasining qizi desak uning ukasi ham y o ‘q


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana25.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1720253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3) Ukasining qizi desak uning ukasi ham y o ‘q.
4) Unda qizning otasi kim?
Xulosa qilib aytganda, nostandart va mantiqiy masalalarni 
yechish orqali boshlangMch sinf o‘quvchilarini matematik 
tafakkurini shakllantiriladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Muammoli mazmundagi masalalar.
2. K o‘p yechimli masalalar.
3.
Shartiga o‘zgartirish kiritilgan masalalar.
4. Qiziqarli va mantiqiy masalar.
432


11.4. BoshlangMch sinflardagi iqtisodiy va statistik 
m asalalar
Iqtisodiy-statistik mazmundagi masala deb, ma’lum bir 
iqtisodiy yoki statistik tushunchani yoki uni yoritib beruvchi 
axborotni o‘z ichiga olgan masalaga aytiladi.
BoshlangMch matematika kursida o4rganilishi mumkin boMgan 
eng sodda iqtisodiy tushunchalar quyidagilar: tejamkorlik, ish 
unumi, mahsulotning narxi, bahosi, sifati, foyda, iqtisod kabilar 
bo4lib, statistikaga oid dastlabki tushunchalar: kuzatuv va 
m a’lumot to4plash, to'plangan m a’lumotlarni tartiblash, variatsion 
qator, o4rta arifmetik qiymat, chastota, nisbiy chastota, moda, 
jadval va diagrammalardan iborat.
Bunday mazmundagi masalalarni boshlang4ich sinf matema­
tika darsliklarida uchratish mumkin, lekin ularning tarbiyaviy 
ahamiyatini kuchaytii'ish va o4quvchilarning iqtisodiy ongini 
shakllantirishga yo4naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri o4quvchilarni 
tejamkorlikka o‘rgatishdir. Atrofimizdagi barcha predmetlar: jonli 
va jonsiz tabiat, uy-ro4zg4or buyumlari, maktab jihozlari, shaxsiy 
buyumlar va boshqalarni avaylab-asrash, buzmaslik, sindirmaslik, 
yirtmaslik, atrof muhitni ozoda saqlash, ehtiyotlik bilan muno- 
sabatda boMish kerakligini bolalar ongiga singdirib borish kerak. 
Bu vazifa matematika darslarida iqtisodiy-statistik mazmundagi 
masalalarni yechish orqali amalga oshiriladi.
Quyidagi masalani ko"raylik:
Maktab oshxonasidagi 1 kunlik non qoldiq lari 1 kg ni tashkil 
etdi. Agar har kuni shunchadan non qoldiq lari qolsa, maktabdagi 
210 o4qish kunida qancha non isrof boMadi? Shuncha nonni 
o4rtacha oila necha kun iste’mol qilishi mumkin?
Bu masalani yechish uchun o'rtacha oila tushunchasini 
oydinlashtirish va bunday oila bir kunda qancha non iste’mol 
qilishini aniqlash kerak bo4 ladi.
Yechish:
1. lkg-210=210kg
433


2. 0 ‘rtacha oila tushunchasini oydinlashtirish uchun har bir 
o‘quvchining oila a ’zolari sonini aniqlaymiz. Olingan natijalarni 
ketma-ket yozib olamiz:
3, 10, 4, 3, 2, 5, 4, 5, 4, 4, 4, 8, 5, 5, 4, 3, 6, 4, 4, 5, 6, 4. 
Variatsion qator tuzamiz:
Oila a ’zolari soni
2
3
4
5
6
8
10
Oilalar soni
1
3
9
5
4
1
1
Variatsion qatordan shuni xulosa qilish mumkin-ki, 4 kishilik 
oilalar ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Ular 9 ta. Demak, 4 kishilik 
oila bu sinfda moda boMadi. Endi o ‘rtacha qiymatni topaylik.
Jami oilalar soni:
1+3+9+5+4+1+1 =24(ta)
Jami odamlar soni:
2-l+3-3+4*9+5-5+6-4+8-l+10-l = 122(ta)
0 ‘rtacha oila a ’zolari soni:
122:24=5(2 qoldiq)
Demak o‘rtacha oila a’zolari soni 5 ga teng. Agar bu oilada har 
kuni o 4rtacha 2kg non iste’mol qilinsa,
210:2=105(kun)
210 kg nonni bu oila 105 kun, ya’ni uch yarim oy iste’mol 
qilishi mumkin ekan.
Bu masalani yechishda tejamkorlik, isrof, m a’lumot to‘plash, 
to‘plangan maMumotlarni tartiblash, variatsion qator, o‘rta arif­
metik qiymat, moda, jadval kabi tushunchalar m a’nosi ochib 
berildi.
Ish unumi deganda, vaqt birligida bajarilgan ish hajmi 
tushuniladi. Ish unumdorligi tushunchasi o'quvchining mehnati 
bilan bogManadi. 0 ‘quvchining ish unumi uning bilimi, tezkorligi, 
ya’ni, tez o'qishi, tez yozishi, tez misol ishlashi kabilarga bogMiq. 
Agar u vazifani tez va xatosiz bajarsa, ishi unumli boMadi. Shunga 
ko‘ra 1 minutda o‘quvchi bajarishi mumkin boMgan ish hajmi 
aniqlanib, taqqoslansa, juda foydali va ko‘rgazmali boMadi.
Masalalar.
1. 
2-sinf o‘quvchilarining 
o‘qish tezligi tekshirilganda 
quyidagi natijalar olindi: 60, 71, 55, 54, 49, 72, 69, 80, 62, 66, 75,
434

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling