Yengil atletika- paydo bo’lish va rivojlanish tarixi Yuqori start texnikasi O’zbekistonda yengil atletika
Download 25.53 Kb.
|
Yengil atletika-yuqori start texnikasi
Yengil atletika-yuqori start texnikasi Reja: 1) Yengil atletika- paydo bo’lish va rivojlanish tarixi 2) Yuqori start texnikasi 3) O’zbekistonda yengil atletika 1)Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irg‘itish, ko‘pkurash (o‘nkurash, yettikurash) mashqlarini o‘z ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, ta’lim muassasalarining o‘quv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, o‘quvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi. Yengil atletika musobaqa mashqlarining turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va ularni bajarishni har xil usullari va variantlari mavjud.Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushirish uchun uni besh bo’limlarga bo’lib (Yurish, Yugurish, sakrash, uloqtirish, ko’pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar, 23 turi ayollar Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 2) Yuqori start texnikasida. Krоss yugurish yuqоri startdan bоshlanadi. “Start” kоmandasi berilgach, spоrtchi start chizig’iga chiqadi, kuchlirоq bo‘lgan оyog’ini оldinga qo‘yadi, start start chizig’ini bоsmaydi, bоshqa оyog’ini оyoq kaftida оrqaga qo‘yadi. Gavda tik turadi, qo‘llar erkin hоlatda оsilib turadi, bоsh to’g’ri turadi. “Diqqat” kоmandasi berilishi bilan har ikkala оyoq bukiladi, tana оg’irligi оldingi turgan оyoqqa tushadi. Qo‘llar tirsakdan bukilgan va bittasi оldinga uzatilgan bo‘ladi. “Marsh” kоmandasi berilishi bilan yuguruvchi оyog’ini yerdan keskin uzib, tegishli tezlik оlish uchun tezrоq harakat qiladi. U masоfani yengil va erkin bоsib o‘tishga, harakatlari tabiiy bo‘lishiga erishishi lоzim. Krоss tayyorgarligi bo‘yicha asоsiy tоpshiriqni bajarishga kirishgunga qadar tana a’zоlariga tushadigan оg’irlikka tayyorlanish kerak. Buning uchun, umumiy tarzda, dastlab yurish, yengil yugurish, оddiy sakrash, egilish, qo‘llarni u yoq-bu yoqqa siltash, gavdani turli tоmоnga aylantirish, оyog’larni siltash оrqali paylar va bo‘g’inlar harakatini tezlatish, yirik mushaklar guruhini mustahkamlash uchun o‘tirgan hоlda sakrash mashqlari bajarilishi lоzim. So‘ngra ketma-ket (bir, ikki оyoqda) sakrashlar va asta yugurish (1-3 daqiqa) bajariladi. 3) O‘zbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Marg‘ilonda shu turga moslashtirilgan o‘yingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o‘tkazila boshlagan. O‘zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qo‘l ostida Yengil atletika bilan shug‘ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 10 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O‘zbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng Olimpiada, Osiyo o’yinlariga, jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga o’z terma jamoalari bilan bevosita qatnashish huquqiga ega bo’ldi. O’zbekiston yengil atletika federasiyasi 1992 yil Xalqaro yengil atletika federasiyasi IAAF ga a’zo bo’lib kirdi. 1993 yilda esa Osiyo yengil atletika assosiasiyasiga qabul qilindi.Mustaqillikning 24 yil ichida (1991-2015) milliy terma jamoalarimiz o’tkazilgan 6 ta Osiyo o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ular –1994 y. Xirosima, XIII o’yin 1998 y. Bangkok, XIV o:yin 2002 y. Pusan, XV o’yin 2006 y. Doxa va XVI o’yin 2010 y. Guanchjouda tashkil etildi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarcho‘p bilan sakrash, 1988) kumush medalni qo‘lga kiritgan, Ramil G‘aniyev (o‘nkurash, 1996) 8-o‘rinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga to‘siqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni bo‘lgan (1967— 69). Osiyo o‘yinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil G‘aniyev (o‘nkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelnikov (o‘nkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling