Yengil atletikadan qodirov jahongirning mustakil ishi


Download 0.81 Mb.
Sana02.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1075128
Bog'liq
Qodirov

Yengil atletikadan qodirov jahongirning mustakil ishi

ESTAFETALI YUGURISH

Estafetali yugurish - bu engil atletikaning jamoaviy turi hisoblanib,

emotsional jihatlari va tomoshabopligi darajasi bo'yicha yengil

atletikaning boshqa qolgan turlaridan sezilarli darajada ustunlikka

ega hisoblanadi. Estafetali yugurish stadionda va undan tashqarida

amalga oshiriladi. Estafetada asosiysi - yugurish vaqtida jamoa

ishtirokchilarining navbat bilan, belgilangan qoida bo'yicha musobaqa

masofasini bosib o'tishlari va ajratilgan 20 metrlik masofa doirasida

bir — biriga estafeta tayoqchasini uzatishlari bilan belgilanadi.

Estafetali yugurish yengil atletika musobaqasi turi sifatida XI-X

asrda ommalasha boshlagan.

Estafeta olimpiya oyinlarida

Dastlab estafetali yugurish IV Olimpia

o'yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1908-yi'I). Bu

musobaqada estafetali yugurish musobaqalari 200 + 200 + 400 +

800 metr masofada amalga oshirilgan. Estafetali yugurish bo'yicha

musobaqalarda dastlabki g'oliblar AQSh sportchilari hisoblanib, ular

tomonidan 3.29,4 s natija qayd qilingan, ikkinchi o'rinni Germaniya

jamoasi, uchinchi o'rinni esa—Vengriyajamoasi egallagan.

Ayollar o‘rtasida dastlabki Olimpia o ‘yinlari

Ayollar o‘rtasida dastlabki Olimpia o ‘yinlari medallari IX Olimpia o‘yinlarida (Amsterdam shahri, 1928-yil) qo‘lga kiritilgan. Bunda

ushbu musobaqalar dasturi tarkibiga 4x400 metr masofaga estafetali

yugurish bo‘yicha bellashuv kiritilgan. Bu sport turi yo‘nalishida

birinchi o‘rinni kanadalik ayol sportchilar egallashgan (ular tomonidan

ko‘rsati!gan natija - 48,4 s ga teng hisoblanadi), shuningdek,

ikkinchi o'rinni AQShlik sportchi ayollar band etishgan (48,8 s).

Ayollar o‘rtasida 4x400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha

bellashuvlar yirik musobaqalar dasturi tarkibiga faqat 1969-yildan

boshlab kiritila boshlangan.

Estafeta tayokchasi

Tayoqchaning samarali uzatilishini ta’minlash maqsadida yuguruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini

aniq va o‘z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari,

shuningdek,, estafetani uzatishda tayoqchani berish zonasida mumkin

bo'lgan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa uzatish

zonasining 15-metrida yugurish tezligini maksimal tez va barqaror

tarzda oshirish uchun tezlikni his qilish sezgilariga ega bo‘lishlari juda

muhim.

Olchami uzunligi(28-30)sm

Eni(3,8-4)SM

Tayoqchaning uzatish uslubi

Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdanyuqoriga va yuqoridan-pastga.

pastdanyukoriga

Birinchi usulda estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo‘lini (tayoqchani uzatayotgan yuguruvchining qo‘liga qarama-qarshi bo'lgan qo‘lini) orqaga bir oz yon tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi, to‘rtta barmoq qisilgan, kaft to‘g‘ri orqaga qaratiladi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan yuqoriga harakat qilib bosh barmoq va kaft orasiga qo‘yadi. Estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib olad

Yukoridan pastga

Ikkinchi usulda ham qo‘l orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin

kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi

estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga

qo‘yadi. Tayoqcha qabul qilib olayotgan yuguruvchining qo‘liga

tegishi bilan u tayoqchani ushalab, panjasini qisib oladi (15-rasm).

Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig‘iga etib kelgan

paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi.

Etiborilar uchun raxmat


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling