Yengil betonlar
Yengil beton olish imkoniyatlari
Download 2.12 Mb.
|
Engil beton Хossalari
1.3. Yengil beton olish imkoniyatlari
Yengil betonlarda g‘ovaklik turli usullar bilan hosil qilinishi mumkin (38-rasm): to‘ldirgichlarning g‘ovakligi hisobiga; oddiy betonning berk tuzilishi saqlanadi, oddiy zich to‘ldirgich yengil g‘ovak to‘ldirgich bilan aralashtiriladi; matritsalarning g‘ovakligi hisobiga: bog‘lovchining matritsasi shishadi yoki ko‘piklanadi; to‘ldirgichning g‘ovakligi hisobigi: berk struktura (tuzilma) mayda to‘ldirgichning va matritsalar miqdorining kamayishi hisobiga g‘ovak bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, to‘ldirgichning g‘ovakligini ta’minlash matritsalarning g‘ovakligini yoki to‘ldirgichning g‘ovakligini ta’minlash bilan kombinatsiyalanishi mumkin (39-rasm). Issiqlik o‘tkazuvchanlik bevosita zichlikka bog‘liq. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, kristallar amorf moddalarga nisbatan kattaroq issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega, ya’ni mayda donali pussolanlarni qo‘shish kvars qumini qo‘shishga qaraganda ancha qulaydir. 4 – jadvalda DIN 4-108 (4-qism) standartining issiqlik o‘tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan.
39-rasmda turli yengil to‘ldirgichli oddiy yengil betonlarning turli guruhlarining ayrim xossalari keltirilgan. 5 – jadvalda yengil betonlarning asosiy xossalari keltirilgan bo‘lib, ularning yengil bo‘lishiga to‘ldirgichning g‘ovakligi hisobiga erishiladi va ular o‘rtacha tejamli sement miqdoriga ega bo‘lib, to‘ldirgichga qo‘shimchalarsiz tayyorlanadi. 40-rasmda 28 kunlik g‘ovak to‘ldirgichli konstruktiv yengil betonning o‘rtacha zichligi ρ va siqilishga mustahkamligi, R, orasidagi bog‘lanish keltirilgan. 4 – jadval Oddiy to‘ldirgichlar bilan tayyorlangan yengil betonning issiq o‘tkazuvchanligi (Germaniya misolida)
39-rasm. Yengil to‘ldirgichli oddiy yengil beton (Germaniya misolida). 40-rasm. 28 kunlik g‘ovak to‘ldirgichli konstruktiv yengil betonning o‘rtacha zichligi ρ va siqilishga mustahkamligi, R, orasidagi bog‘lanish. 41 va 42 rasmlarda yengil beton ishlab chiqarish va undan foydalanish keltirilgan.
rasm 42- rasm. Yengil betondan qurilishi mo‘ljallanayotgan binolar loyihasi. G‘ovakligi to‘ldirgichga bog‘liq bo‘lgan betonlarning alohida turi yog‘och to‘ldirgichli betonlar hisoblanadi, ularda to‘ldirgich yog‘och qipig‘idan yoki tolalardir (ko‘pincha bu ignabargli jinsdagi yog‘och, shuningdek chiqindi sifatidagi qipiq). Yog‘ochni chirishdan himoyalash, shuningdek zamburug‘ va hashorotlardan himoya qilish uchun hamda yog‘och komponentlarining sement toshining mustahkamligiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida yog‘och qipig‘i oldindan kimyoviy preparatlar (masalan, suyuq shisha) bilan ishlov beriladi yoki sementli bog‘lovchi bilan minerallashtiriladi. Yog‘och qipiqlaridan iborat to‘ldirgichli betonning siqilishga mustahkamligi zichlik 1000 kg/m3 gacha bo‘lganda taxminan 2 MPa bo‘ladi. Uning yog‘och qipiqlarning zichligiga bog‘liq bo‘lgan kirishishi juda yuqori bo‘lib, 6 mm/m qiymatlargacha yetadi. Biroq bu beton asosan tayyor buyumlarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgani uchun qurilgan inshootda uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan ozgina keyinchalik kirishish qayd etiladi. Arralash mumkin bo‘lgan, to‘ldirgich sifatida yog‘och qipiqli beton, atrofi beton bilan to‘ldiriladigan qolip bloklar, polosalar tayyorlash uchun foydalaniladi, shuningdek yirik o‘lchamli fasad plitalarini va armaturalangan yopma plitalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ularda armaturani zanglashga qarshi vositalar yordamida va oddiy aralashma qoplash vositasida himoyalash zarur. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling