Yengil bosh kiyimi. Qadimdan
Download 22.75 Kb.
|
amaliy 7
7-8-MAVZU:Do‘ppi andozasin tayyorlash. Do‘ppi tikish texnologiyasini o‘rganish. Do‘ppi tikishda naqsh elementlari chizish. Do‘ppini bezash usullari. Doʻppi (oʻzbekcha: دوپپا, uygʻurcha: دوپپا) — yengil bosh kiyimi. Qadimdan eroniy va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar doʻppilaridan oʻzbek doʻppilari oʻziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Doʻppi uch qismdan — tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, Oʻzbekistonning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. Doʻppi tikuvchi usta doʻppidoʻz, doʻppi tikish kasbi esa doʻppidoʻzlik deb ataladi. Doʻppi asosan baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Margʻilon, Toshkent, Shahrisabz va boshqalar), moʻljallangan kishilarning yoshi va jinsiga (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konussimon, yarim doora, chuqur tubli, dumaloq, karjli va boshqalarga) koʻra doʻppilar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki doʻppilar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan. 1920-yillardan doʻppi shakli oʻzgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi. Oʻzbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz doʻppilari mashhur. Chust doʻppisi toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida qalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doira) shaklida kashta bilan sidirgʻa qoplab oq ipda (yoki ipakda) tikiladi. Tayyor doʻppining tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa doʻppilarning tepasi yarim doira shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet doʻppisiga oʻxshash boʻlgan margʻilon doʻppisi gullarining (nisbatan ingichka va uzun qalampir shaklining) sidirgʻa qoplanmasligi bilan farqlanadi. Toshkentning duxoba doʻppisi sidirgʻa baxmaldan, buxoro doʻppisi sidirgʻa yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro doʻppisiga rang-barang ipak iplarda yoʻrma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi. Iroqi doʻppi Shahrisabzda keng urf boʻlgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning oʻziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Doʻppining bu turida kashta iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan matogs (surpga) rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chokda (terma va bosma usulida) tikiladi (nomi shundan). Iroqi doʻppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa doʻppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, koʻk tusli qushchalar (bulbullar) shaklidan iborat. Toshkentning iroqi doʻppisida oq zaminga atirgullar toʻq va och qizil ipaklarda (baʼzan „Raʼno“, „Guli“, „Fargʻona tong otguncha“ va boshqa) yozuvlar qoʻshib tikiladi. Download 22.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling