Yengil sanoat 121-guruh talabasi Abdurahmonov Nazarali
Download 219.17 Kb.
|
Yengil sanoat 121-guruh talabasi Abdurahmonov Nazarali
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`qimaning to`liq taxtlash dasturi
ll mavzu 2- mavzu : To`qima orilishini tariflovchi ko`rsatkichlar Reja: 1. O’rilishni tariflovchi ko’rsatkichlar tanda va arqoq bo’yicha rapportlar, siljish soni, tanda va arqoq qoplanishlar soni. 2. to’quv o’rilishlarni ishlab chiqarish, to’liq taxlash dasturi. 3. Iplarni shodalardan o’tkazish tartiblari. 4. To`quv o’rilishlarni tasnifi. Tayanch so’z va iboralar. To`quv, o`rilish, taxtlash, polotno, sarja, atlas, dastur, omillar, o`tkazish. To`qima (gazlama) to`quv dastgohida o`zaro perpendikulyar joylashgan ikki sistema iplarning ma`lum tartibda o`rilishlari natijasida hosil bo`ladi. To`qima uzunligi bo`ylab joylashgan iplarni tanda, ko`ndalang joylashgan iplar esa arqoq iplari deb ataladi. To`qima bo`lak uzunligi, eni va qalinligi bilan ta`riflanadi. To`quv dastgohidan olinadigan bo`lakdagi to`qima uzunligi turlicha bo`lib ular o`rtacha 20 metrdan 50 metrgacha bo`lishi mumkin. Og’ir vaznli to`qimalarni bo`lakdagi uzunligi kamroq, engillari esa uzunroq bo`ladi. To`qima eni santimetrda o`lchanib u asosan to`qimadan nima tikilishiga boqliq. Tayyor to`qimalar eni 30 smdan 180 smgacha bo`lib, ayrim texnik to`qimalar pilta, pilik, tasma va boshqalar o`zgacha bo`lishi xam mumkin. To`qima qalinligi, u ishlab chiqarilgan tanda va arqoq iplarini yo`g’onliklariga va ularning tuzilishiga boqliq.
To`qimaning to`liq taxtlash dasturi To`quv dastgoxini taxtlash va unda berilgan o`rilishli to`qima ishlab chiqarishdan avval uni taxtlash rasmi tuziladi.Taxtlash rasmi to`qimani ishlab chiqarish texnologik shart- sharoitlarini chizma tasviri bo`lib undagi elementlar ma`lum tartibda joylashgan bo`ladilar, 3 - rasm. 1.3 – rasm. To`qimaning to`liq taxtlash dasturi. 1 –o`rilish tasviri, 2 – tanda iplarini tiqdan o`tkazish tartibi, 3–tanda iplarini shodadan o`tkazish tartibi, 4 –shodalarni ko`tarilish tartibi, 5 – arqoq iplarini qirqimi, 6-tanda iplarni qirqimi Download 219.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling