Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti Yesbkit yo'nalishi 38-19guruh talabasi Akbaraliyev Xojimuhammad


Download 499.51 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi499.51 Kb.
#1057770

Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti YeSBKIT yo'nalishi 38-19guruh talabasi Akbaraliyev Xojimuhammad

Mavzu;tikuv mexanizimini surish va mokki mexanizimini bir- biriga nisbatan sozlash

Moki — 1) tikuv mashinasi asosiy kismlardan biri — maxsus moslama. Chok tikilayotgan paytda tikuv mashinasi ignasi hosil qiladigan ustki ip izmasiga pastki ipni oʻtkazib beradi; 2) toʻquv dastgohitsa tanda iplari orasidan arqoq iplarini olib oʻtadigan moslama. M. ichida arqoqipi oʻralgan naycha boʻladi. M. homuza (arqoq ipi bilan tanda ipi orasida hosil qilinadigan koʻz) ichida erkin yoki majburiy harakat qilib, bir qutidan ikkinchisiga oʻtadi. M. harakati davomida arqoqipi naychadan boʻshalib xrmuzaga tashlanadi. Naychadagi arqoq ipi bir marta (koʻp homuzali dastgohdar uchun) yoki koʻp marta tashlab oʻtishga yetarli boʻlishi kerak. Qad. toʻquv dastgohlarida M.ni homuza tirqishidan toʻquvchi qoʻlda olib oʻtkazardi. Hozirgi avtomatik toʻquv dastgohdarida zarb mexanizmlari yordamida M. oʻz-oʻzidan borib keladi (qarang Toʻquvchilik).

ilgari M. yogʻoch (palma, shamshod, oʻrik va boshqalar), hayvon shohidan yasalgan, hozir, asosan, temir va poʻlatdan yasaladi. M.larning oʻrtasi toʻrtburchak shaklida oʻyilib, ikki yonida teshik (koʻz) qilinadi (naychadagi ip uchi shu teshikdan oʻtkaziladi). M. koʻzi, odatda, chinnidan qilinadi. Yogʻoch M.ning ikki uchi oʻtkirlanib, metall uchlik kiydiriladi.

Qanday toʻquv dastgohlarida ishlatilishiga karab, M.lar avtomat dastgoh M.si (ichidagi uzunchoq boʻshliqqa ipli naycha joylashadi), mexanik dastgoh. M.si (oʻrtasida ipli naycha oʻrnatish uchun metall sterjen boʻladi), movut toʻqishda ishlatiladigan M. va boshqa xillarga boʻlinadi (rasmga k,.). Mexanik dastgohlarda M. ichidagi naycha arqoq ipi tugasa, boʻsh naychani toʻliq naychaga almashtirish uchun dastgoh, toʻxtatiladi, avtomat dastgohlarida esa bu ish ular ishlab turgan paytda avtomatik tarzda bajariladi.


Download 499.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling