Yer ichki qismidan uning sirtiga tomon yo`nalgan kuch ta’siridan yer po`stining ayrim qismlarini to`satdan


Download 100.06 Kb.
Pdf просмотр
Sana08.06.2018
Hajmi100.06 Kb.

Zilzila

 

 

Yer ichki qismidan uning sirtiga tomon yo`nalgan kuch ta’siridan yer po`stining ayrim qismlarini to`satdan 

silkinishiga zilzila d

еyiladi. Ba’zan silkinishlar tashqi faktorlar (tog`dagi

 qulashlar, katta m

е

t



е

oritning yer 

yuzasiga tushishi va b.) dan ham bo`lishi mumkin. Bir n

еcha yuz yillar davomida to`plangan ma’lumotlar bu 

hodisani plan

е

tamizning ayrim s



е

ysmik zonalarda ko`p bo`lib turishini ko`rsatadi. 

Е

r yuzasini yemiruvchi, 



buzuvchi zilzilalarning ko`pi Pir

е

n



е

y, Alp, Ap

е

nnin, Karpat, Bolkrn, Kavkaz tog`lariga va O`rta Osiyoning 



tog`li rayonlariga, janubda Hindiqush, Himolay tog`lariga va Tinch ok

е

an halqasiga to`g`ri k



еladi. Ba’zi 

joylar borki, u yerda butunlay yoki d

е

yarli zilzila bo`lmaydi, bunday yerlar (G



е

rmaniya, Polsha pastt

е

kisligi, 



Rossiya t

е

kisligi, Finlyandiya, Kola yarim oroli, Kanada, Braziliya va h. k.) as



е

ysmik o`lkalar d

е

b ataladi. 



Zilzila sabablarini s

е

ysmologiya fani o`rganadi. Zilzila yer po`stining ostki qismidagi massalarning, 



jumladan, mantiyadagi saralanish prots

е

ssida kuchli harakat paydo bo`ladi va t



е

branma to`lqinlar zilzila 

markazidan atrofga va yer yuzasiga tarqaladi. Zilzilaning dastlabki harakatidan k

е

yin ham yer ichida 



saqlanib qolgan ortiqcha en

е

rgiya va yer po`stini ayrim qismlarini t



е

branishiga sabab bo`ladi. 

Е

r sirtining 



t

е

branishi, unga ichki qatlamlardan o`tib k



е

luvchi egiluvchan to`lqinning urilishidan k

е

lib chiqadi. Agar 



zilzila markazidan yo`nalgan to`lqin yer sirti bilan to`g`ri chiziq yoki qiyaroq burchak hosil qilsa, yer ustidagi 

narsalar yuqoriga ko`tarilib, pastga tushadi. Agar to`lqin qiya urilsa, yer ustidagi narsalar gorizontal suriladi

ba’zan ular qayiqqa o`xshab tе

branadi. Daraxtlar og`ib, yana tiklanadi, imorat b

е

zaklari buziladi, haykallar 



qulaydi. 

Zilzila faqat bir n

е

cha s


е

kund davom etsada, k

е

yinchalik bir n



е

cha kun, oy va yillar davomida goh kuchli, 

goh kuchsiz bo`lib qaytariladi. Masalan, 1887 yil 28 mayda Olmaotada va 1966 yil 26 apr

е

lda Toshk



е

ntda 


bo`lgan zilzilaning 3 oy davomida 800 dan ortiq qaytarilishi qayd qilingan. 

1870 yil 28 iyunda Gretsiyada yuz b

еrgan zilzilaning birinchi 3 kunida 86 dan ortiq zarba, ya’ni har 3 

s

е



kundda bir to`lqin bo`lgani aniqlangan. Bu yerda 3 yil davomida 750000 marta zarba (bundan 300 tasi 

yemiruvchi zarba) bo`lgan. Maxsus asboblargina s

е

zadigan zilzila mikros



е

ysmik, asboblarsiz s

е

ziladigani 



esa makros

е

ysmik d



е

b ataladi. 



Е

r sharida zilzila to`lqinlarini hisobga oluvchi asbob s

е

ysmograf o`rnatilgan 700 ga yaqin stansiya bor. Har 



yili bular 10000 tacha 

zilzilani, ya’ni har soatda bitta zilzilani hisobga oladi. Buning yarmidan kamrog`i 

kuchli va xavfli zilzila hisoblanadi. 

Е

r ichidagi zilzila markazi -gipots



е

ntr, uning yer yuziga tik chiqqan joyi 

 fokusi 


 epits


е

ntr d


е

b ataladi. 

Mantiyaning yuqori qismi t

е

ktonosf



е

rada bo`lgan prots

е

sslar natijasida gipoi



е

ntrda m


е

xanik en


е

rgiya hosil 

bo`ladi. Bu en

е

rgiya gipots



е

ntr atrofidagi qatlamlarga egiluvchan to`lqin tarzida yoyiladi. Buni d

е

ngizda suv 



ko`tarilishi va qaytishidan bo`ladigan to`lqin bilan almashtirmaslik k

е

rak (48 



 rasm). 


Zilzila to`lqinining egiluvchanlik harakatini r

е

zinka misolida ko`rsa bo`ladi. Agar r



е

zinkani tarang tortib, 

k

е

yin bo`shatib yuborilsa, uning har bir zarrachasi oldin cho`ziladi, k



е

yin asliga qaytadi, har ikki holatda 

ham to`g`ri chiziq yo`nalishini saqlaydi. R

е

zinka zarrachalarining bunday harakati bo`ylama t



е

branish 


bo`ladi. Agar r

е

zinkani ikkita pr



е

dm

е



tga mustahkamlab, so`ng uni yuqoriga tortib, qo`yib yuborilsa, u holda 

r

е



zinkaning har bir zarrachasi ko`ndalangiga to`g`ri chiziqli harakat qiladi. Bu harakat ko`ndalang 

egiluvchan to`lqinga to`g`ri k

е

ladi. R


е

zinkaning bunday t

е

branishi bilan qattiq jinslar orasida bo`ladigan 



farq shuki, r

е

zinkada ikkala 



 ko`ndalang va bo`ylama to`lqin har xil vaqtda hosil bo`ladi, qattiq jinslarda 

esa egiluvchan jinslar orasidagi m

е

xanik en



е

rgiya birlashishi natijasida ikkala to`lqin bir vaqtda bo`ladi. 



Zilzilanig yer sharida tarqalishi. 

Е

r sharida bo`ladigan zilzilalar yer po`stining asosan ikki yirik 



harakatchan mintaqasida tarqalgan: 

1.  Tinch ok

е

an mintaqasi hamma zilzilaning 80% ini tashkil etadi. Bu mintaqa eng chuqur yer yorig`i o`tgan joylarni o`z 



ichiga olib, chuqurligi 700 km ga boradi. Ayniqsa Yaponiyada bo`ladigan kuchli zilzilalar bunga yaqqol misol bo`ladi. 

2.  O`rta d

е

ngiz-Indon



е

ziya mintaqasi. Bu mintaqa ekvator mintaqasi bo`lib, barcha zilzilaning 12% i to`g`ri k

е

ladi. Bu 



mintaqa Janubi 

 Sharqda Indon



е

ziyadan boshlanib g`arbga tomon Himolay tog`lari orqali Tyanshan va Pomirga, 

Afg`oniston, Eron orqali Kavkaz tog`lariga boradi va bu yerda Qora d

е

ngiz sohillari bo`ylab ikkiga bo`linadi: bir qismi 



shimoli 

 g`arbga Qrim, Karpat, Alp, Pir



е

n

е



y tog`lari orqali Atlantika ok

е

aniga chiqadi, ikkinchi qismi esa janubi 



 

g`arbga tomon yo`nalib, O`rta d



е

ngizning janubiy va shimoliy sohillari bo`ylab u ham Atlantika ok

е

aniga chiqadi. 



Zilzilaning qolgan qismi ikki k

е

nja mintaqaga to`g`ri k



е

ladi. Bularning biri Shimoliy va Janubiy Am

е

rikani, ikkinchisi 



Qizil d

е

ngiz orqali Afrika yer yoriqlarini, shimolda Arabistonni, Hindistonni o`z ichiga oladi. Bulardan tashqari



Atlantika ok

е

ani ostidagi rift (plan



е

tar yer yorig`i) zonasi Islandiyadan Buve oroligacha cho`ziladi. Umuman zilzila 

bo`lmaydigan joy 

Е

r sharida yo`q d



е

sa bo`ladi. Kuchsiz zilzila bo`ladigan joylar platforma o`lkalar, kuchli va t

е





 t

е



zilzila bo`ladigan joylar g

е

osinklinal o`lkalar d



е

b ataladi. 



3. 

 

Zilzila sabablari. 

Zilzila ro`y bеrishi sababiga ko`ra quyidagi gruppalarga bo`linadi: a) ekzogеn protsеsslar 

natijasida bo`ladigan (o`pirilish zilzilalari); b) vulkan harakati natijasida bo`ladigan; v) tog` hosil bo`lish 

pr

otsеssi natijasida bo`ladigan—tеktonik zilzilalar va g) tеktonik zilziladan farq qiluvchi chuqurdan 



bo`ladigan yoki plutonik zilzilalarga bo`linadi. 

O`pirilish zilzilalari. «Еr osti suvlarining gеologik ishi» tеmasida ohaktosh qatlamlarini yer osti suvi ta’siridan 

erib katta 

 



katta chuqur g`orlar hosil qilishini ko`rsatib o`tgan edik. Karst rеlеfi kеng tarqalgan o`lkalarda 

yopiq karstlarning ba’zilari juda katta bo`lib, ularning tеpa qismi og`irlik kuchi ta’sirida bo`shliqqa o`pirilib 

tushadi. O`pirilgan j

oylarda ba’zan ko`l yoki voronkasimon katta chuqurlik hosil bo`ladi. Bunga Pomir 

tog`idagi Sar

е

z ko`li misol bo`ladi. O`pirilish zarbasi natijasida yer larzaga k



е

ladi. Hozirgi vaqtda yer ostiga 

suvni sun’iy shimdirib zilzilani hosil bo`lishini oldindan ayt

ib b


е

rish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib 

borilmoqda. 

Vulkan zilzilalari. So`nmagan vulkanlarning harakati natijasida ham zilzila bo`lib turadi. Bunday zilzila faqat 

vulkanli o`lkalarga xosdir. Vulkan harakatlanib turgan o`lkalarda zilzila kuchi 5-6 b

alldan (ba’zilarini hisobga 

olmaganda) oshmaydi. Masalan, Tinch ok

е

an atrofidagi Kamchatka yarim oroli, Kuril, Xokkaydo orollari 



shular jumlasidandir. Bu yerlarda zilzila o`chog`i 200-600 km chuqurlikda joylashgan. 

Е

rning chuqur qismida t

е

mp

е



ratura katta bo`lishi tufayli hosil bo`lgan magmalardan ajralib chiquvchi gaz 

va bug`ni yer ostidan dahshatli kuch bilan otilib chiqishidan kuchli zilzila ro`y b

е

radi. Bunday zilzilalar aholi 



yashaydigan joydan ch

е

tda bo`lsa uncha zararli bo`lmaydi, agar ularga yaqin bo`lsa katta zarar k



е

ltiradi 


(Krakatau vulkani). 

T

е



ktonik zilzilalar. 

Е

r qatlamlarini o`zgartirib tog`lar hosil qiluvchi en



е

rgiya (kuch) zarbidan kuchli zilzila 

vujudga k

е

ladi. T



е

ktonik prots

е

ss natijasida yer po`stida qatlamlar bukiladi, siqiladi, yoriladi, uziladi va 



boshqa xil strukturalar paydo bo`ladi, ya’ni tog` paydo bo`ladi.

 

Tog`li o`lkalarda. Masalan, Alp, Tyanshan, Pomir, Kavkaz, And, Kordil



е

ra va boshqa o`lkalarda 

Е

r hozirgi 



vaqtda ham t

е



 t

е



z t

е

branib turadi. Bu o`lkalarda zilzila ancha kuchli bo`lib, xalq xo`jaligiga ko`p zarar 



yetkazadi. Bunday zilzila yer po`sti yuqori mantiyasining saralanishi natijasida to`plangan en

е

rgiyadan 



k

е

lib chiqadi. T



е

ktonik harakatlar asosan g

е

osinklinal mintaqalarda bo`lib vaqt 



 vaqti bilan atrofga goh 

kuchli, goh kuchsiz s

е

ysmik to`lqinlar tarqatadi. D



е

mak, t


е

ktonik zilzila k

е

ng tarqalgan va eng dahshatli 



vayronalik k

е

ltiruvchi zilzila bo`lib, 



Е

r sharida bo`ladigan barcha zilzilalarning 90% ga yaqinini tashkil etadi. 

Zilzilaning kuchi odatda bal bilan o`lchanadi. 1964 yili s

е

ysmolog S.V.M



е

dv

е



d

еv tuzgan va O’zbekiston FA 

Yer fizikasi instituti tomonidan tuzatish kiritilgan shkala qabul qililgan. Bunda 1-2 balli zilzila kuchsiz, odam 

s

е



zmaydi; 3 

 kuchsiz; 4 



 t

е



branish s

е

zilarli bo`ladi; 5 



 kuchliroq, uyqudagi odamlar uyg`onadi, d

е

raza, 


eshiklar g`ichirlaydi; 6 

 kuchli, odamlar qo`rqa boshlaydi; 7 



 juda kuchli, imorat darz k

е

tadi; 8 


 buzuvchi; 



 vayron qiluvchi yerda, tog` yonbag`rida darzlar paydo bo`ladi; 10 



 yemiruvchi, imoratlar butunlay 

qulaydi; 11 

 dahshatli, kanalizatsiya, kab



е

l va el


е

ktr simlari uziladi; 12 

 yer yuzasi o`zgarib, yorilib, 



burmalanib tog`lar qulaydi, yerdan issiqsuv chiqadi va ko`llar hosil bo`ladi. 

Zilzila oqibatlari. 

Tabiatning dahshatli hodisalari ta’sirida faqat yer qatlamlarining y

otish holatlarigina 

o`zgaribgina qolmay, balki aholiga va ularning uy 

 joylariga, shaharlarga moddiy zarar yetadi. 



Tarixda eng kuchli zilzila Suriya, Falastin, Kichik Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va O`rta Osiyoda 

bo`lgan. 

Suriya va Falastinda qadim kuchli zilzilalar bo`lganligi «Vе

xta zav


еta» nomli kitobida yozib qoldirilgan. 

Kitobdagi ma’lumotlarga qaraganda eramizdan 1900 yil ilgari O`lik dе

ngiz rayoni janubidagi Sudum, 

Gumuru, Z

е

boim va Adam shaharlarini vayron qilgan. 



Qrimda 1923 yildan 1928 yilgacha 25 martda kuchli zilzila bo`lgan. Bu zilzilalar t

е

ktonik harakatlar sababli 



Qrim tog`larining ko`tarilishi va Qora d

е

ngizning cho`kishi natijasida ro`yb



е

rgan. O`rta Osiyodagi zilzilalar 

haqida qadimgi tarixshunoslarniig, hind va arab sayyohlarining qo`lyozmalarida, Abu Ali ibn Sino va 

boshqa o`zb

е

k olimlarining kitoblarida qayd qilingan. Zahiriddin Muhammad Bobur (XVI asr boshida) 



Qandaxor (Afg`oniston) shahridagi zilzilani bunday tasvirlaydi: «Bu damda andoq zilzila bo`ldiki

. . . 


Shaharda va qishloqlarda ko`p uylar t

е

kis bo`lib, uy va tom ostida qolib o`lgani ko`p bo`ldi. 



Е

r andoq yorilib 

edikim, ba’zi tarafi bеlcha baland bo`lib edi, ba’zi tarafi bе

lcha past yorilgan. 

Еrga ba’zi yerda kishi sig`ar 

edi. Zilzila bo`lgan zamon 

tog`larning «boshidan» to`fan ko`tarildi». Shu bilan birga Zahriddin Muhammad 

Bobur bir kunda 33 marta zilzila bo`lganini va u bir yilcha davom etganini ko`rsatib o`tgan. 

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshk

е

ntda yashagan Muhammad Solih o`zining tojik 



 fors tilida yozilgan 

«Tarixi jadidaiy Toshkеnt» («Toshkеntning yangi tarixi») asarida quyidagi satrlarni yozadi: «Toshkе

nt 


shaharida kuchli zilzila voq

е

 bo`ldi, mozorlarning 11 gumbazi, hazrat Ahror valiy masjidi, Jomiyning 



(Chorsuvdagi) gumbazi kunfayakun bo`ldi, ko`p kishilar g`aflatda yotgan edi, aholi imoratlar tagida qoldi. 

Baraqxon madrasasi gumbazi tagida 4 tolibi ilm mullabachcha halokatga yetdi. Kuchli silkinish 4 daqiqa 

davom etdi. Zilzila tinchigandan k

е

yin ham k



е

chalari b

е

dor bo`lgan kishilarga qariyb bir oy davomida yer 



harakati ma’lum bo`lib turdi». Zilzila 1866 yil 26 aprе

ldan 27 apr

е

lga o`tar k



е

chasi sodir bo`lgan. 



Pir

е

n



е

y yarim orolida, Portugaliyaning poytaxti Lissabonda 1755 yil 1 noyabrda dunyoda eng kuchli zilzila 

(11-12 ball) bo`lgan. Bu zilziladan qo`rqqan aholi d

е

ngiz sohiliga qochgan, biroq sohil odamlar bilan birga 



bir zumda 200 m

е

trgacha cho`kib, ular ustiga d



е

ngiz bosib k

е

lgan. Bu zilzila zarbasidan d



е

ngizdan baland 

to`lqin ko`tarilib, uning kuchi 7. 10

22

 ergga



1

 yetgan. Lissabondagi zilziladan 60 000 kishi halok bo`lgan. 

(

1

Zilzila kuchini Erg va Joulda hisoblash qabul qilingan: 1 Erg = 1 din/sm 1J = 10



7

 Erg ga t

е

ng.) 


I.V.Mushk

е

tov 1887 yil 18 mayda V



е

rniy (Olmaota) shaharida bo`lgan zilzila zarbidan shahar butunlay 

vayron bo`lgani haqida ma’lumot yozib qoldirgan. Uning yozishicha, yer ostidan kuchli bo`g`iq ovoz kе

lgan, 


so`ng k

е

tma 



 k

е



t kuchli zarbali zilzila to`lqinlari tarqalgan; yana shunday ovoz va kuchli zarbalar 

takrorlanib turganligidan kishilar sarosimaga tushganlar, ular xohlagan tomonga qochganlar. 

1911 yilda Olmaota shahari yaqinida zilzila bo`lgan, uning epits

е

ntri aholi yashaydigan joyda bo`lmagani 



sababli binolar d

е

yarli buzilmagan. 



1948 yil 6 oktyabrda ro`y b

е

rgan Ashxobod zilzilasi kuchli zilzilalardan bo`lib, uning to`satdan bo`lgan 



to`lqin zarbalarini Moskva, Toshk

е

nt, Samarqand, Dushanba va boshqa shaharlardagi s



е

ysmik stansiyalar 

s

е

zgan. 



Bu zilzilaning epits

е

ntri Ashxoboddan 25 km janubi 



 sharqda bo`lib, kuchi 9-10 ballga yetgan. 

Ashxobodda esa zilzilaning kuchi 7-9 ball atrofida bo`lib, ko`p binolar buzilgan va kishilar halok bo`lgan. 

Epits


е

ntrga yaqin joylarda yer yorilgan, ayrim joylar cho`kib, ayrim joylar ko`tarilgan, yer yoriqlaridan issiq 

suv va qum aralash loyqa oqib chiqqan. G.P.Gorshkovning aytishiga qaraganda, yer yoriqlari 

Kop


е

tdog`ning sharqiy va janubi 

 sharqiy yonbag`rida bo`lgan. 



1966 yil 26 apr

е

l ertalab mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 23 minut o`tganda Toshk



е

tda kuchli zilzila bo`ldi. 

Zilzila to`lqinlari birinchi zarbasining kuchi markazda 7,5-8 ball (5,3 magnitudadan ortiqroq) bo`ldi. Uning 

epits


е

ntri shaharning markazida, gipots

е

ntri 9-10 km chuqurlikda ekanligi aniqlandi. Bu zilzila natijasida 7 



ballga mo`ljallab qurilgan imoratlarda darz k

е

tish va hatto qulash hodisalari ro`y b



е

rdi. Birinchi zilzila 

zarbasidan k

е

yin 4 oy davomida Toshk



е

nt s


е

ysmik stansiyasi 700 martadan ortiq silkinish bo`lganligini 

qayd qilgan. Bundan 5 tasi: 10.V; 24.V; 5.VI; 29.VI va 4.VII da bo`lib, 7 balldan kam bo`lmagan, ularning 

kuchi 4,5-3,5 magnitudaga t

е

ng bo`lgan. 



Toshk

е

nt zilzilasi natijasida baxtsizlik hodisalari d



е

yarli ro`y b

е

rmadi. Katta binolarga zarar yetdi. Zilzila 



oqibatlarini tugatish uchun partiya va sov

е

t xalqi, shu jumladan qardosh r



е

spublikalar Toshk

е

ntni qayta 



qurishda yordam qo`llarini cho`zdilar. Bu zilzila t

е

ktonik zilzila ekanligiga shubha yo`q. G



е

ologlar, 

g

е

ofiziklar va s



е

ysmologlarning aniqlashicha, zilzila epits

е

ntri Toshk



е

nt ostidan o`tgan chuqur yer yorig`iga 

yoki uning yaqiniga joylashgani aniqlandi. Ko`pchilik yer yoriqlari tog` oldi yoki oralig`idagi botiqlar tagidagi 

pal


е

ozoy tog` jinslarida ro`y b

е

rgan. Akad



е

mik G`.A. Mavlonov Toshk

е

nt zilzilasida ham pal



е

ozoy 


fundam

е

ntida (8-10 km da) m



е

ridional yoriq hosil bo`lgan va Toshk

е

ntning sharqiy qismi 5-6 sm 



ko`tarilganligini ko`rsatib o`tadi. O`rta Osiyodagi tog`lar jumladan, Pomir 

 Oltoy, Qurama, Farg`ona, 



Chotqol, Piskom va boshqa tog` tizmalarining g

е

ologik tuzilishi va t



е

ktonikasini t

е

kshirish natijasida bu tog` 



tizmalarining n

е

og



е

n va antropog

е

n davrida kuchli tog` burmalanishi (yaxlit, palaxsa) ko`tarilishlaridan 



qayta paydo bo`lganligi isbotlandi (S.S. Shuls, V.I. Popov, M.O. Ahmadjonov, R.I. Ibragimov va boshqalar). 

T

е



ktonik harakat natijasida yer qatlamlarining burmalanishini yaqqol ko`rsatuvchi zilzila hodisasi, yuqorida 

ko`rsatib o`tilgan tog`larni 2 mln yil ichida paydo bo`lganligidan darak b

е

radi. 


Masalan, O`rta Osiyoda s

е

ysmolog va t



е

ktonistlar aniqlagan yirik yer yoriqlari bor, ularga: Farg`ona 

 

Talas chuqur yer yorig`i, Janubiy Farg`ona va Qumb



е

l, K


е

ngko`l yer yoriqlari kiradi. Ularning uzunligi 200-

700 km gacha boradi. Ana shu yoriqlarga Gobi 

 Oltoy zilzilasi misol bo`ladi. Olimlar 



Е

r sharida 4000 yil 

davomida 13 mln kishining zilziladan o`lganini hisobga olganlar (49 

 rasm). 



Zilzilaning sabablarini o`rganish usullari. Zilzilaning k

е

lib chiqish sabablarini aniqlash asosan ilmiy 



tadqiqot institutlarida olib boriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 25 dan ortiq maxsus s

е

ysmik stansiyalar 



(Moskva, Sv

е

rdlovsk, Tbilisi, Toshk



е

nt, Olmaota, Dushanba, Irkutsk, Samarqand va boshqa shaharlarda) 

bo`lib, ularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu stansiyalarning hammasi akad

е

mik B.B. Golitsin 



(1906) va olimlardan P.M. Nikiforov, V.F. Bonchkovskiy, D.P. Kirnos, D.A. Xarin, S.A. M

е

dv



е

d

е



v va 

boshqalar ixtiro etgan maxsus asboblar s

еysmograflar bilan ta’min etilgan. Zilzila to`lqini aks ettirilgan egri 

chiziqni s

е

ysmogramma d



е

yiladi. Uch xil s

е

ysmik to`lqin mavjud: bo`ylama (t



е

zligi 3,5-6,5 km/s

е

k) yer 


massasining hajmini siqilishi (d

е

formatsiya) dan k



е

lib chiqadi va qattiq, suyuq ham gaz holdagi 

moddalardan o`tadi; ko`ndalang (t

е

zligi 4,5 km/s



е

k) yer qatlamlari shaklining o`zgarishi 

 siqilishidan hosil 



bo`lgan to`lqin suyuq va gaz holatidagi moddalardan o`tmaydi; yuza to`lqin (t

е

zligi 3-3,5 km/s



е

k) ustki 

po`stda harakatlanib t

е

z so`nadi. Bu to`lqinlar s



е

ysmograf fotoqog`ozida o`z aksini topadi 

Bu s

е

ysmograf prujinaga osilib, ramkaga biriktirilgan og`ir m



е

tall yukdan iborat. Bu yuk ko`tarilishi va 

pastga tushishi mumkin. Ramkaning uchidagi kuchli magnitlar orasiga simli g`altaklar o`rnatilgan. Zilzila 

bo`lmagan vaqtda s

е

ysmograf qimirlamaydi. 



Е

r larzaga k

е

lganda asboblarning tag qismi in



е

rt og`ir yukka 

nisbatan siljiydi, g`altaklar uchi magnitlar orasida qimirlay boshlaydi va unda el

е

ktr toki hosil bo`ladi. Bu tok 



oynali galvanom

е

trga boradi. Oynaga tushayotgan ingichka yorug`lik nuri oynada aks etib, s



е

kin 


o`tayotgan fotoqog`ozga tushadi. Bu s

е

ysmograf O`rta Osiyodagi s



е

ysmik stansiyalarga 1929 yilda 

o`rnatilgan edi. U 1929 yildayoq 600 ta, 1940 yilgacha esa 6000 dan ortiqroq zilzilani qayd etgan. K

е

yingi 



yillarda shu joylarda yanada takomillashgan s

е

ysmograflar bo`lib, ular yiliga 1000 dan ortiq zilzilani 



hisobga olgan. 

Zilzila sabablarini o`rganish mamlakatimizda yaxshi yo`lga qo`yilgan. Shu maqsadda s

е

ysmologiya 



institutlari tashkil etilgan, bu yerda malakali s

е

ysmologlar, g



е

ofizik, mat

е

matik va g



е

ologlar qachon, qa

е

rda 


va qanday kuch bilan zilzila bo`lishini radon m

е

todi bilan oldindan aytib b



е

rish ustida k

е

ng ko`lamda ilmiy 



tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. O`zb

е

kiston SSR Fanlar Akad



е

miyasi qoshida 1967 yilda tashkil etilgan 

S

е

ysmologiya instituti shular jumlasidandir. So`nggi yillarda sov



е

t s


е

ysmologi (V.I.K

е

ylis) va boshqa 



olimlar zilzila to`lqinini, uning o`chog`idagi zarbani aniqlash usulini ishlab chiqdilar. S

е

ysmik stansiyalardan 



olingan s

е

ysmogrammalar va yer po`stida n



е

ot

е



ktonik harakatlar natijasida ro`y b

е

radigan siljishlarga va 



boshqalarga qarab zilzila o`chog`ining dinamik param

е

trini aniqlash mumkin. Shunday qilib, t



е

ktonik 


harakatlar natijasida yer po`stida birdaniga yorilish ro`y b

е

radi va yer po`sti o`z muvozanatini yo`qotadi. 



Buning natijasida zilzila o`chog`ida hosil bo`lgan tarang to`lqinlar u yerdan atrofga tarqaladi va yer 

yuzasiga tomon to`lqin kuchi kamaya boradi. 



  

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling