Yer osti qazish kon ishlari kon mashinalari va avtomatlashtirilgan komplekslari to’g’ri sida umumiy tushunchalar


Kombaynning kurakli konveyer ramasida turib mokisimon qazish sxemasida Тм.о =0 ga teng va bir tomonlama qazishda quyidagi formula bilan aniqlanadi


Download 5.53 Mb.
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1731261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу

Kombaynning kurakli konveyer ramasida turib mokisimon qazish sxemasida Тм.о =0 ga teng va bir tomonlama qazishda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
 
TM.O=L/VM, min
 bu yerda: VМ- kombayn manyovr surilish tezligi, m/min
Kombaynning ish joyi (lava) oxirida qilinadigan ishlarga Tк.о yuklovchi to’siqni qayta montaj qilish, ish joyiga yetkazuvchi kurakli konveyer oxiridagi ramali kallaklari bilan birgalikda kombaynni keyingi siklga siljitish, kombaynni transport holatidan ishchi holatga o’tkazish va aksincha ishlar kiritiladi.
Kombaynning ish joyi (lava) oxirida qilinadigan ishlarga saflangan vaqt Tк.о (min) uning kurakli konveyer ramasidan turib mokisimon ishlashida quyidagi ifodadan aniqlanadi.
 
Tк.о =В/vз +n tз.и, min
bu yerda: vз – kombaynning keyingi sikl uchun nisha joyi tomon siljitilishi tezligi, m/min; n-yangi ish siklidan oldin almashtiriladigan yoki o’zgartiriladigan keskichlar soni, dona; tз.и - ish siklidan oldin bitta keskichni almashtirish yoki o’zgartirish uchun sarflanadigan vaqt,min;
Qazish chuqurligi 15 mm gacha bo’lgan keskichlar uchun tз.и=0,75-1,0 min; kattaroq qo’poruvchi keskichlar uchun - tз.и=2-3 min.
Kesuvchi instrumentlarning nisbiy sarfi aniqlangan va berilgan holatlarda keskichlarni almashtirish uchun sarflanadigan vaqt quyidagi formuladan hisoblab topiladi.
Тзи =m·B·L·γ·Zуд·t3.и., min,
 bu yerda: Zуд - keskichlarning nisbiy sarfi, uning chidamliligi, hamda tog’ jinslari qatlamining qattiqligi va abrazivligiga bog’liq bo’ladi. Keskichlarning nisbiy sarfi mayin va yumshoq tog’ jinslari (M.M.Protodyakonov shkalasi bo’yicha qattiqligi ko’rsatkichi ƒ =0,7—1,0)uchun Zуд=0,005-0,01 dona/t; o’rtacha qattiqlik (ƒ=0,7—1,0) uchun Zуд=0,01-0,1 dona/t; qattiq va juda qattiq tog’ jinslari va undan yuqori bo’lganda (ƒ =2,0 va ƒ >2,0) Zуд=0,1-0,25 dona/t.

Kombayn barcha ishchi instrumentlarining 1/3-1/4 qismi ishdan chiqqanda yoki yemirilib yaroqsiz holga kelganda kombayn ish bajarilayotgan joyidan qat`iy nazar to’xtatiladi va ishchi instrumetlar darhol almashtiriladi. Qazuvchi mashinaning ishchi instrumentlari almashtirulgunga qadar qazish ishlari olib boriladigan yo’li uzunligini aniqlash formulasi. Lз.и = no /(3—4) m B Zуд γ , m bu yerda: no -ish bajaruvchi a’zodagi barcha keskichlar soni, dona. Kombayn nosozliklari va buzilishlarini yo’qotish uchun sarflanadigan vaqt uning texnik tayyorgarlik koeffitsienti (Kг) bilan tavsiflanadigan ishonchlilik ko’rsatkichiga bog’liq.



Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling