Yer osti suvlari va ularning shakllanishi


Bino va gidrotexnika inshootlari qurilishda injener-geologik qidiruv ishlari


Download 486.78 Kb.
bet10/13
Sana07.05.2023
Hajmi486.78 Kb.
#1439954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6ta mavzu

Bino va gidrotexnika inshootlari qurilishda injener-geologik qidiruv ishlari
Har qanday inshoot, ya’ni sanoat, kishilar yashaydigan binolardan tortib temir yo‘l, avtomobil trassalari, gidrotexnik inshootlar — to‘g‘onlar, suv omborlari, ko‘priklar, aerodromlar qurilishi kerak bo‘lgan joy oldindan o‘rganiladi. Geologik, geomorfologik tuzilishi, gidrogeologik, tektonik sharoiti to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar to‘planadi va har tomonlama tahlil qilinadi. Shundan keyingina u yoki bu maydonda u yoki bu tipdagi inshoot qurish mumkin, degan taxminiy ko‘rsatma
beriladi. So‘ngra ana shu taxminga mo‘ljallangan joyda keng ko‘lamdagi injener-geologik tekshirish ishlari boshlab yuboriladi. Avvalgi taxmin qilingan xulosalar tekshiriladi va ana shu taxminiy xulosalar tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan joyda imorat va inshoot qurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida yagona haqiqiy ko‘rsatma beriladi.
Agar qurilish ishlari boshlab yuborilsa, ana shu hududda doimiy (statsionar) kuzatish, tekshirish ishlari olib borilaveradi. Chunki har qanday inshoot qad ko‘targan joyning avvalgi tabiiy holati shu inshoot qad ko‘tarishi jarayonida va qurilib bo‘lgandan keyin u yoki bu darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha yer osti suvi sathining ko‘tarilishiga, cho‘kish hodisasining sodir bo‘lishiga va rivojlanishiga, tog‘ jins qatlamlarining
o‘pirilishiga,yorilishiga, surilishiga, qulashiga yoki suv omborlari qurilayotgan bo‘lsa, yer osti bo‘shliqlari, jins kovaklari bo‘ylab sizib singib ketishi kabi hodisalar yuz berishi mumkin. Tarixda bunday hodisalar bo‘lganligi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Masalan, Amerikadagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Monte-Xake kabi yirik to‘g‘onlar ishdan chiqqan yoki butunlay vayron bo‘lib ketgan.
Shunday qilib, injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti nihoyatda keng. Tekshirish ishlarini olib borishda geologiya, tektonika, gidrogeologiya, geofizika, geomorfologiya, kimyo, fizika va matematika fanlarining usul va uslublaridan keng foydalanadi.
Injenerlik geologiyasi fani o‘zining yechadigan masalalariga va vazifalariga qarab quyidagi yo‘nalishdagi tarmoqlarga bo‘linadi: regional injenerlik geologiyasi, injenerlik geodinamikasi, gruntshunoslik, shaharlar injenerlik geologiyasi, qazilma konlar injenerlik geologiyasi, lyossshunoslik, injenerlik seysmogeologiyasi, injenerlik
geoekologiyasi va b.
egional injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasining bu tarmog‘I yirik regionlarning injenerlik-geologik sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar faoliyati natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu regionlarning injener-geologik sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy geologik va texnogen omillarni aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va bundan kichik) xaritalar tuzish uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq yordamida olingan
ma’lumotlar xalq xo‘jaligi inshootlarini qurish joylarini oldindan aniqlashda va rejalashda katta ahamiyatga ega.
Injenerlik geodinamikasi fani Yerning ichki qismida (endogen) va uning ustki qismida sodir bo‘ladigan (ekzogen) geologik va texnogen (odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) jarayon va hodisalarning vujudga kelish, sodir bo‘lish, rivojlanish va barham topish qonuniyatlarini hamda sabablarini o‘rganadi. Ularni, ayniqsa ekzogen jarayon va hodisalarning zararli oqibatlarini kamaytirish,
bartaraf etish va ma’lum vaqt mobaynida hudud maydoni uchun miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida ilmiy izlanishlar olib boradi, chora va tadbirlar ishlab chiqadi.
Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga keluvchi hamma jarayon va hodisalar, ana shu qatlamlarni tashkil etuvchi tog‘ jinslari — gruntlarga1 bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, ularning holati, vujudga kelish, o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi.
Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda yuqoriligi bilan xarakterlidir.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har xil yer usti va yer osti injenerlik inshootlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.) barpo etilmoqda. Bu inshootlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarmoqda, joylashtirilmoqda. Natijada yer osti suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, tarkibi, fizik va mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni (zaxlash, cho‘kish, sho‘rlanish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar injenerlik geologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslarining, yer osti suvlarining tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlardan qutulish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilaydi.
Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududining injener-geologik sharoitini, ya’ni ana shu hududning geologik tuzilishini, tog‘ jinslarini, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlarini, gidrogeologik sharoitini, yer sath tuzilishini, tabiiy geologik va texnogen jarayonlarning tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, qazilma konlarini ishlatish.
1 Gruntlar deganda yer qobig‘ining yuqorigi qatlamlarini tashkil etuvchi, qurilish
materiali hamda imorat va inshootlarning zamini sifatida ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari tushuniladi.
Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining injener-geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi.
Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga (bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash jarayoniga uchragan, burmalangan bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi jarayonlarning vujudga kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan inshootlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolnya va b.) uchun joy tanlash ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan
natijalar har tomonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshootlari
uchun aniq joy tanlanib buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy
e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘inning
yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli, yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi mumkinligi ham har tomonlama baholanadi.
Lyosshunoslik. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i lyoss jinslarining paydo bo‘lishi, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini, tabiiy holatini, tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish darajalarini hamda ularning qatlamlarida vujudga kelgan va keladigan tabiiy va texnogen jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi, tahlil etadi va bashorat qiladi.
Respublikamizning 70 % dan ortiq maydoni lyoss va lyossimon jinslari bilan band bo‘lib, xalq xo‘jaligining hamma imorat va inshootlarining 90—95 % dan ortiq qasmi ana shu jinslar ustiga joylashgan. Shuning uchun lyoss jinslarini har tomonlama o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Injenerlik seysmogeologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va seysmologiya fanlari oralig‘ida vujudga kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat va inshootlari qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududni injener-geologik va injener-seysmologik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Mukammal va mikro-seysmik rayonlashtirish asoslarini yaratadi.
«Injener-geologik asoslari» deganda imorat va inshootlar qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan yer qimirlash kuchining Lyoss (Loss) so‘zi xalqaro atama bo‘lib, u birinchi marotaba 1823-yili geologiyaga oid nemis adabiyotlarida K.G.Leonard tomonidan qo‘llanilgan. Lyoss bo‘shoqligi, ser-g‘ovakligi, suv ta’sirida o‘z og‘irligi va qo‘shimcha bosim ostida juda tez cho‘kuvchan-ligi, o‘ziga xos tarkibi bilan boshqa tog‘ jinslaridan tubdan farq qiladi. Uni nemislar («Loss», fransuzlar «Loss», ruslar (Lyoss), o‘zbeklar «Sog‘ tuproq (lyoss)» nomi bilan atashadi. Agar lyoss jinsi o‘z bo‘shoqligini, g‘ovakligini va cho‘kuvchanlik xususiyatla rini yo‘qotgan bo‘lsa «Lyossimon» jins deb ataladi.
o‘zgarishiga va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning geologik tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning xossa va xususiyatlari, yer osti suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud geologik va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan jarayon va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar majmuasi tushuniladi.
Meliorativ injenerlik geologiyasi Respublikamizning sug‘orilayotgan va sug‘orishga tayyorlanayotgan maydonlarining injener-geologik sharoitini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana shu sug‘orish tarmoqlari orqali suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer osti suvlari sathlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish jarayon va hodisalarini o‘rganadi va bashorat qiladi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi.
Kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya fanining «Meliorativ gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan holda ish olib boradi.
Injenerlik geomorfologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi fani tarmoqlarining eng yosh yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yer sath tuzilishining imorat va inshootlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relyef elementlariga (sath qiyaligi, quyosh nuri yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga, ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha yoki doimiy oqar suvlari yo‘llari
bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi va h.k.) qaratiladi. Yer sath tuzilishi gorizontal (0—3°), me’yorli (3—7°), qiya (7—17°), o‘rta qiya (17—27°), tik qiyalik (27° dan yuqori) darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarni loyihalash, joylashtirish, rejalash, qurish ishlari amalga oshiriladi.
Injenerlik geoekologiyasi. Injenerlik geoekologiyasi1 Yerning geosfera qavatini tashkil qiluvchi tabiiy muhit komponentlarini (litosfera, gidrosfera, biosfera) odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish qonuniyatlarini va sabablarini o‘rgandi, tahlil etadi hamda ana shu komponentlarning tabiiy holatini saqlab qolish maqsadida chora va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi.


Download 486.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling