Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi
YER OSTI SUVLARI DINAMIKASI
Download 130.5 Kb.
|
Gurunt suvlari va yer osti suvlari
YER OSTI SUVLARI DINAMIKASI
Grunt suvlari tog` jinslari orasida ikki xil-laminar va turbulent (girdob) ko`rinishida xarakat qilishi mumkin. Birinchi xolda suv parallel xolda uzluksiz oqimlar hosil qilib tinch xarakat qilsa, ikkinchi xoda katta tezlikda, girdobli aralashmalar, ayrim joylarda uzlikli oqimlar hosil qiladi. Suvning laminar xarakati bir tarkibli qum, lyoss, qumtosh jinslar ichida, turbulent xarakat yoriqlar bilan bo`linib ketgan tub, yarim tub va yirik zarrali shag`al, xarsangtosh jinslarida sodir bo`ladi. XIX asrning o`rtalarida fransuz gidravligi X. Darsi suvning tog` jinslari orasidagi xarakat tezligini tsilindrga solingan qumdan singayotgan suv misolida aniqladi. Darsi qonuniga ko`ra, vaqt birligi ichida filtratsiya bo`layotgan suv miqdori oqimning ko`ndalang kesim yuzi, filtratsiya koeffitsenti va bosim gradiyentiga to`g`ri proportsionaldir. Demak, tog` jinslarida xarakat qilayotgan suvning filtratsiya tezligi v filtratsiya koeffitsiyenti (Kf) va bosim gradiyenti J ga tugri proportsional ekan. Filtratsiya tezligi suvning tog` jinslari orasidagi xaqiqiy tezligi bo`lmasdan balki tenglashtirilgan yoki soxta tezligidir, chunki tenglikda suv oqimining ko`ndalang kesim yuzi suvli qatlamning ko`ndalan kesim yuzasiga teng qilib olingan. Aslida esa suv qatlamlar ichidagi g`ovaklardagina xarakat qiladi, shuning uchun oqimning ko`ndalang kesim yuzi g`ovaklar yuziga tengdir. Grunt suvlarining g`ovaklardagi xaqiqiy tezligi (I) ni aniqlash uchun oqim sarfi (Q) ning g`ovaklar yuzasi (F ( n) ga nisbatini olamiz: Bu formuladan xaqiqiy tezlik qiymati doimo filtratsiya tezligi qiymatidan katta ekanligi ko`rinib turibdi. Chunki g`ovaklik miqdori doimo birdan kichikdir. U xolda v q I( n . Demak, filtratsiya tezligi (v) suvning xaqiqiy tezligi (I) ning grunt g`ovakligi (n) ga ko`paytmasiga teng. Filtratsiya tezligi v q Kf ·J tenglikda gidravlik nishablik (J) ning qiymatini birga teng deb olsak, u xolda U q Kf . Demak, nishablik qiymati birga teng bo`lganda filtratsiya koeffitsiyentining qiymati filtratsiya tezligiga teng bo`ladi. Filtratsiya tezligi smG`s, mG`sutka, kmG`yilda o`lchanadi. Filtratsiya koeffitsiyentining aniq qiymatlari xisoblash yuli bilan xamda laboratoriya va dala sharoitlaridi aniqlanadi. Xisoblash usuli bilan filtratsiya koeffitsiyentini aniqlashda Xazen, Zamarin, Tertsagi, Bindeman va boshqalarning formulalaridan foydalaniladi. Masalan, Kf q 1500 d102 mG`sut, bu yerda d10 ta`sir etuvchi diametr bo`lib, qum tarkibida umumiy jinsogirligiga nisbatan 10% kam bo`lgan zarralar o`lchamiga mos keladi va mm o`lchanadi. Laboratoriya usuli bilan filtratsiya koeffitsiyentini xisoblashda Tim-Kamenskiy priboridan foydalaniladi. Buning uchun tekshirilayotgan jins tsilindrik shaklidagi idishga joylashtiriladi va undan ma`lum bir bosimda suv singdiriladi. (3-rasm). Tsilindr diametri F, bosim gradiyenti I q NG`l ni bilgan xolda, singib o`tgan suv sarfi Q ni ulchab, filtratsiya koeffitsiyentini topish mumkin: J q N·l
Burg quduqlaridan nasoslar yordamida suv chiqarish bir yoki bir necha quduqlarda olib boriladi (4-rasm). Bir quduqdan suv chiqariladigan bo`lsa, u vaqti filtratsiya koeffitsiyenti Dyupyui formulasi bilan xisoblanadi. Ishlab chiqarish va kundalik extiyojlar natijasida xosil bo`lgan oqava suvlar har xil eriydigan va erimaydigan mavhum qayonovchi zarrachalarni o`z ichiga oladi. Bu aralashmalar suv bilan dispers sistemani tashkil qilib qattiq va suyuq aralashmalarga bo`linadi. Dispers sistemalar tarkibidagi zarrachalarning o`lchamiga qarab uch guruxga bo`linadi: Qo`pol dispers sistema bo`lib o`lchami 0,1 mkm dan katta bo`ladi (bularni suspenziya va emulsiyalar deyiladi) Kolloid sistemalar.Bu sistemadagi zarrachalarning o`lchamlari 0,1mm dan -1nm metrgacha (NM)bo`ladi. Xaqiqiy eritmalar bo`lib bu sistemadagi zarrachalarning o`lchami ayrim molekula va ionlarning razmeriga teng bo`ladi. Oqava suvlardan mavxum qaynovchi zarrachalarni yo`qotish uchun gidromexanik jarayolar (Uzlikli va uzliksiz) elash, cho`ktirish (grovitotsion va markazdan qochirma) va fil`trl`ash jarayonlarni qo`llaniladi.Tozalashning qaysi metoda qo`llanilishi esa zarrachalarning qontsentrotsiyasiga bog`liq bo`ladi. Bundan tashqari tozalash vaqtida oqava suvning miqtorini va talab ilingan tozalash darajasini ham e`tiborga olish zarur. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling