Yer osti suvlarining kelib chiqishi va tasnifi
Qatlamlararo (artezan) suvlar
Download 85 Kb.
|
Yer osti va yuzasida suv taminoti manbalari
Qatlamlararo (artezan) suvlar. Suv o`tkazmaydigan ikki qatlam orasiga joylashgan suv o`tkazadigan qatlamda suv to`planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo`ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo`lishi mumkin.
Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari yer yuzasidan ikkinchi, uchinchi suv o`tkazmaydigan qatlamlar orasidagi qatlamlarda joylashgan bo`lib, doimo grunt suvlarining ostida uchraydi. Bu suvlar suv saqlovchi qatlamlarni to`ldira olmaydi, chunki ular past-baland relyefli tog`li va tog` oldi rayonlarida uchraydi, daryo va jarlik o`zanida buloq tarzida yer yuzasiga chiqib, oqar suvlarga qo`shiladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarning ta`minlanish soxasi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqqan qismiga to`g`ri keladi va tarqalish maydoniga mos tushmaydi. Bu suvlar oqimi grunt suvlari oqimiga o`xshash bo`ladi. (2-rasm) Qatlamlararo bosimli yer osti suvlari, odatda, suv o`tkazmaydigan va suv singiydigan qatlamlarning tektonik xarakatlari ta`sirida hosil bo`lgan sinklinal yoki monoklinal strukturalarida yuzaga keladi. Suv singadigan qatlamlar tog`li rayonlarda yer yuzasiga chiqib, atmosfera yog`inlaridan tuyinadi va singiyotgan suv o`z og`irlik kuchi ta`sirida nishablik bo`yicha pastga qarab oqa boshlaydi. Suv qatlam g`ovakliklari va bo`shliqlarini to`ldirib, o`z xarakati davomida burmaning sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko`tarila boshlaydi. Natijada bosim yuzaga keladi. Suvli qatlamning yuqori a - qatlamlarning sinklinal va b - monoklinal xolda yotishdagi artezian suvi; 1 - infiltratsiya suvlari; 2 - qum qatlam; 3 - suv o`tkazmaydigan qatlam; 4 - burg qudug`i; 5 - ta`minlanish soxasi; N - bosimning balandligi. Pyezometrik satx balandligi dengiz yuzasi yoki nisbiy olingan gorizontal tekislikka nisbatan aniqlanadi. Kartada xar xil pyezometrik satxlarni birlashtiruvchi chiziq gidroizopyez deb ataladi. Bosim kuchi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqan qismining mutloq balandligi bilan suv ochilgan joy balandligining farqi orqali topiladi. Ayrim paytlarda suvli gorizontning ochgan quduqlardan suv yer yuzasiga fontan bo`lib otilib chiqadi. Bosimli suvlar Yevropada birinchi marta 1126 yilda frantsiyaning Artua (qadimgi nomi Artiziya) viloyatida topilgan, shu sababli artezian suvlar deb ataladi. Bosimli suv gorizontlari suv o`tkazmaydigan qatlamlar bilan bo`linib, qat-qat bo`lib joylashadi va yer osti suvlarining artezian xavzalarini hosil qiladi. Suv singadigan qatlamning yer yuzasiga chiqqan suv bilan ta`minlanadigan qismi suvli gorizontning tuyinish soxasi deyiladi. Bosimli suvlarning yer yuzasiga chiqadigan joyi oqish soxasi yoki bo`shalish soxasi deyiladi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling