o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, aholi punkti hududida bir
xil raqamga ega bo’lgan ikkita ko’chmas mulk obyekti bo’lishi
mumkin emas.
Kadastr raqami maxsus ro’yxatga olish kitoblarida, navbat-
chi kadastr planlarida qayd qilinadi va ko’chmas mulk ma'lu-
motlarining yagona bankiga-shahar ko’chmas mulkning Davlat
kadastriga kiritiladi. Kadastr raqamlari birin-ketinlik tamoyili
bo’yicha beriladi. Uning asosidiga shaharning bazis (shaharsoz-
lik) plani qo’yilishi zarur
Ko’chmas mulkning har bir obyekti kadastr raqami bilan
identifikatsiyalanadi: yеr uchastkasi bazis kvartalining raqami va
bazis kvartali chеgarasidagi ushbu uchastkaning tartib raqami bilan
identifikatsiyalanadi; aniq bir еr uchastkasi bilan mustahkam
bog’langan har bir birlamchi ko’chmas mulk ob'ekti eslatib o’tilgan
yеr uchastkasi chеgarasida inventar raqami bilan
identifikatsiyalanadi; ko’chmas mulkning har bir ikkilamchi obyekti
birlamchi obyektining raqami bilan raqamlanadi. Ko’chmas mulk
obyektlarini hisob qilish jarayonining mazmuni texnik va iqtisodiy
izohlashga, shuningdek ko’chmas mulk ob'ektini yuridik
ahamiyatiga asoslanadi.
Ko’chmas mulk obyektlarini odatda ikki guruhga bo’linadi.
Birinchi guruh (A) - bu ancha muncha shakllangan
ko’ch-
mas mulk, bozor turli harakat baholari hamda shunga
mos statistikasi mavjud. Bu asosan uy - joy bozori (xona-
Do'stlaringiz bilan baham: |