Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berish
Download 13.26 Kb.
|
Hujjat (1)
Khan Academy AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda MTI (Massachusets texnologiya instituti) hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat. Platformada matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha 9 mingdan ortiq videodarslar bor. Bundan tashqari platformada 100 mingdan ortiq interaktiv misol va masalalar mavjud. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi. Biz “Bilim Onlayn” nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib, Khan Academy platformasini oʻzbek tiliga mahalliylashtirish bilan shugʻullanamiz. Biz Oʻzbekiston yoshlari ham yuqori sifatli bepul taʼlimga ega boʻlishlari kerak deb oʻylaymiz va bunga erishish uchun birlashganmiz. Loyiha xayriyalar yordamida amalga oshirilmoqda va uning rivojiga har bir inson oʻz hissasini qoʻshishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan odam jamoamizga qoʻshilishi va qoʻllab-quvvatlashi mumkin, bu nafaqat moddiy yordam koʻrinishida, ular ko‘ngilli tarjimon yoki muharrir boʻlishlari; oʻqituvchi sifatida videodars yaratishlari; dizayn, ijtimoiy media marketingi va PR sohasi bilan yordamlashishlari; doʻstlariga va oilasiga loyiha haqida aytib berishlari mumkin — biz har qanday yordamni qadrlaymiz. Download 13.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling