Yer silkinishi va surilishi


Download 209.21 Kb.
bet4/10
Sana28.02.2023
Hajmi209.21 Kb.
#1237708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 MAVZU

Er qa’ridagi erigan lava o’ziga yondosh bo’lgan gazlar bilan birga еr yuzasiga chiqish uchun yo’l izlasa va еr yuzasidagi ma’lum sabablarga ko’ra bo’sh qolgan bo’shliqlarni to’ldirsa, unda mana shu to’ldirish jarаyonida paydo bo’lgan energiya еr silkinishiga olib keladi va vulqonlar otilishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar deb yuritiladi.

Zilzila turlari va ulаrni aniqlash usullari.

Zilzila o’chog’i - gipomarkaz (gipo-chuqurlik) - еr ostki zarbasining paydo bо’lish joyi. Shu еrning еr yuzasi epimarkaz (epi-yuza) deb atalib, bu zilzilaning eng kuchli ta’sir еr silkinadigan yuza bo’ladi. Keyin еr yuzasi bo’ylab tarqalish elastik yoki seysmik to’lqinlar tarzida еrning qattiq qobig’i bo’ylab tarqala boshlaydi.

Zilzilalar uchta parametr orqali ifodalanadi: zilzila o’chog’i chuqurliligi bilan; magnituda (еr silkinishining umumiy energiyasi bilan); er ustki qatlamidagi energiya intensivliligi bilan.

Zilzilalar uchta parametr orqali ifodalanadi: zilzila o’chog’i chuqurliligi bilan; magnituda (еr silkinishining umumiy energiyasi bilan); er ustki qatlamidagi energiya intensivliligi bilan.

Zilzila o’chog’i chuqurligi bo’yicha meyyoriy (chuqurligi 0 - 70km), oraliq (chuqurligi70 - 300km) va o’ta chuqur (chuqurligi 300 - 700km) larga bo’linadi. Seysmik rаyonlar uchun o’zining ma’lum chuqurliklari mavjud bolib, agar uning chuqurligi katta bo’lsa, zilzilaning ta’sir radiusi ancha katta maydonlarga tarqalishi mumkin.

Har yili еr yuzasida umumiy 100 ming еr silkinishlari kuzatiladi (bu bir sutkada 300 silkinish demakdir), ammo bularning hammasi ham xavfli emas. Shundan taxminan yiliga 10 mingini odamlar sezadi. Yiliga taxminan 100 ga yaqin zilzilalar fojiali oqibatlarga olib keladi.

Kuchli halokatli zilzilalarda 1024-1025 erg energiya ajraladi va bu energiya еr yuzida portlatilgan megaton yadro zaryadi portlashidan bir necha marta katta vayronagarchiliklarga sababchi bo’ladi.

Zilzila kuchi ikki xil о’lchov birligida о’lchanadi:ballarda va magnitudada. Zilzilaning eng asosiy xarakteristikalaridan - еr silkinishining energiyasi. Seysmik to’lqinlarining energiyasi (yoki magnituda) bir necha megovatt soatidan to yuz ming million kilovatt soatigacha (yoki 1026kVt/coat) bo’lishi mumkin. Qulaylik uchun еr silkinishining energiyasini logarifm orqali ifodalanadi, masalan:lg 10=1; lg102=2; lg 103=3; lg104=4 va h.k.


Download 209.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling