Yer tipidagi planetalarning fizik tabiatlari.
Download 194 Kb.
|
sunnatova
Yer tipidagi planetalarning fizik tabiatlari. (Merkuriy, vinera, yer, oy). Merkuriy (Utorud) Reja: Venera (Zuhra) Yer — planeta Mars (mirrix). Yupiter (mushtariy). Saturn. Uran. Neptun. Quyosh sistemasidagi to'qqizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini merkuriy bo'lib, qadimda uni arablar Utorud deb atashgan. Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib, cho'zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o'zgarib turadi. Planetaning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 58 million kilometrni tashkil qiladi. merkuriyning diametri 4880 kilometr bo'lib, uning sirtida tortish kuchi Yemikidan 2,6 marta kam. Boshqacha aytganda, og'irligi Yerda 80 kilogramm bo'lgan odam merkuriyda atigi 30 kilogramm chiqadi. merkuriy o(z orbitasi bo'ylab sekundiga o'rtacha 48 kilometr tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 88 kunda to'la aylanib chiqadi. Merkuriy sirtining kunduzgi o'rtacha temperaturasi +345 gra-dusgacha (Selsiy shkalasida) ko'tarilgani holda, kechasi -180 gradusgacha pasayadi. Biroq shuni aytish kerakki, planeta sirtining mayda tuprog'i issiqlikni yomon o'tkazganligi tufayli bir necha о’n santimetr chuqurlikdagi temperatura sirt temperaturasi dan keskin farq qilib, +70...+90 °C ni tashkil qiladi va juda kam o'zgaradi. Bu nazariy ma'lumot keyinchalik radioastronomik kuzatishlar asosida to'la tasdiqlandi. merkuriy sirtini yaqindan ko'rish planetalararo avtomatik stansiya «mariner-10» ga (AQSh) nasib qilgan ekan, 1973-yilning oxirlarida planeta tomon yo'lga chiqqan bu stansiya 1974-yilning 21-sentabnda merkuriydan 47 ming 981 kilometrlik masofadan о tayotib planeta sirtining 500 ga yaqin sifatli rasmini oldi. Merkuriy sirt jinslarining zichligi Oynikidek, ya'ni 3,0-3,3 g/sm3 bo’lib, o'rtacha zichligi 5,44 g/sm3 ekanligi uning markaziy qismida temir yadrosi yoki eng kamida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga o'tayotganidan darak beradi. Kichik massali merkuriy (Yer massasining 5,5 protsentiga teng) sirtining bu qadar yuqori temperaturagacha (ekvatorda +420 °C gacha) qizishi planeta atmosferasinins asosiy qismini uni tashlab ketishiga sabab bo'lgan deb qaraladi. Planeta atmosferasi asosan geliydan tashkil topgan bo'lib, bosimi Yer sirtida bu gaz beradigan bosimdan 200 milliard marta kichiklik qiladi. Planeta sirtidagi barcha gazlarning bosimi esa Yernikidan yarim million martacha kam. Merkuriyga yaqin «qarindosh» Oy tuprog'ida mikroorganizmlarmng yo'qligi, iqlim sharoitiga ko'ra, Oynikidan ham keskinligi bilan farq qiluvchi merkuriyda hayot bo'lishi uchun sharoit yo'q deb dadil aytishga to'la imkon beradi. merkuriyning yo'ldoshi yo'q. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling