Yer tuzish loyihasi yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi


Download 113.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2023
Hajmi113.92 Kb.
#1157646
Bog'liq
Yer tuzish loyihasi - Vikipediya



Yer tuzish loyihasi
Yer tuzish loyihasi - yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi
xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Ye.t.l. 4
qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xzokjatlar majmuasidan
iborat. Tushuntirish xatida Ye.t. l .da bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari
va yer tuzish manbai (obʼyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Ye.t.l.ning hisob
qismi zarur jadval va loyiha yechimlari boʻyicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha
hisob-kitob ishlari oʻz navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul
qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va is-
tiqboldagi holatlari koʻrsatiladi. Ye.t.l. tarkibiga kiruvchi hujjatlar toʻplamida shu loyihani tegishli
tashkilotlar va muassasalarda koʻrib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani
joyga kuchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
E.t.l. xoʻjaliklararo va xoʻjalikda yer tuzish turlariga boʻlinadi. Ye.t.l. barcha ishtirokchi
mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi.
Tayyorlangan Ye.t.l. belgilangan tartibda kurib chiqiladi va tasdiqlanadi.
E.t.l. muntazam ravishda mualliflik nazoratida boʻladi. Ye.t.l.ni amalga oshirish jarayonida ayrim
oʻzgartirishlar yoki anikliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar
rasmiylashtiriladi.
E.t.l. natijalariga koʻra, ayrim tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun bir bosqichli ish
loyihalari ham tuzil adi.
Qosimjon Rahmonov.
[1]
Manbalar


Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yer_tu
zish_loyihasi&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Yer_tuzish_loyihasi&oldid=2
863387
" dan olindi


Download 113.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling