6. Ilmiy rahbar majburiyatlari
mustaqil ish bajarish uchun talabalarga topshiriq ishlab chiqish;
ish rejasini tuzishda hamda adabiyotlar tanlashda kerakli yordam ko’rsatish;
tasdiqlangan grafik asosida konsulьtatsiya uyushtirish, material yig’ishda, uning tahlilida, umumlashtirishda va qo’llashda maslahatlar berish;
tasdiqlangan grafik asosida mustaqil ish tayyorlash jarayonida talabalar bilan muntazam uchrashuvlar va suhbatlar o’tkazish;
mustaqil ish tayyorlash grafigni bajarilishi hamda sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
mustaqil ish tayyorlash jarayonida tashkiliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
taqriz berish.
7. Talabalar majburiyatlari
mustaqil ishning o’z mavzusini (kafedra namoyishi asosida) kelishib olish;
ilmiy rahbari bilan mustaqil ish bajarish grafigini kelishish va unda ko’rsatilgan muddatlarga amal qilish.
Belgilangan muddatlarda kafedra mustaqil ish haqida hisobot taqdim etish.
8. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash.
« Transport vositalari konstruktsiyasi va tеxnik ekspluatatsiyasining rivojlanish yo`nalishlari,zamonaviy muammolari » fanidan reyting me’zonlari asosida talabalar bilimini baxolash bo’yicha uslubiy ko’rsatma asosida baxolanadi.
8.1. Adabiyotlar qidirish
Mavzu bilan bog’liq mazmunga ega barcha manbalar to’la ko’rib chiqilishi lozim.
Rasmiy
Ilmiy
Ilmiy – ommaviy
Statistik ma’lumotnomalar
Kasbiy
Internet saytlari
8.2. Adabiyotlarni o’rganish va mavzular bo’yicha materiallar yig’ish
Adabiyotlar bilan ishlashni mustaqil ishni tanlash jarayonida tanlash lozim.
Kerakli adabiyotlar rahbar tomonidan tavsiya etiladi va talabaning o’zi mustaqil tanlaydi. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tomonidan taqdim etilgan adabiyotlarni guruhlab, zaruriy o’zgartirishlar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |