Yerda hayotning paydo bo'lishi


Download 168.5 Kb.
bet9/9
Sana02.04.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1319163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YERDA HAYOTNIG PAYDO BOLISHI

Kembriy davridan ma‘lum bo’lgan organizmlarga legula, bakteriya, ko’k yashil suvo’tlari kirsa, kelib chiqishiga ko’ra yosh tirik mavjudotlar guruhi kaynazoy erasida keng ko’lamda rivojlangan. Yer qurrasining quruqlik qismini deyarli to’liq egallagan qushlar va sut emizuvchi hayvonlar hamda yopiq urug’li o’simliklar ana shu ikkinchi yosh guruhga taalluqlidir.
CHunonchi, tirik materiya tarkibidagi mavjudotlar orasida geologik yoshiga ko’ra keyin tarkib topgan va taraqqiyotning yuksak pog’onasiga ko’tarilgan hayvonot olamining ongli vakili inson hisoblanadi. Ammo tirik mavjudotlarning evolyutsiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, gap ma‘lum tirik organizmlar guruhining yoshida emas, balki har xil guruh vakillari evolyutsiyasining tezlik darajasini bir xil tenglikka ega emasligidadir.
Xususan, sut emizuvchi hayvonlar uchlamchi davrda shakllangan bo’lishiga qaramasdan, million yillar davomida o’z taraqqiyot darajasini yuksak pog’onasiga ko’tarilishi uchun zarur bo’lgan qulay muhit sharoitlari vujudga kelganga qadar o’zgarmagan, mavjud muhitga mos kelgan holda yashagan.
SHunday ekan, har qanday o’simlik yoki hayvon guruhining evolyutsion yoshi haqidagi tushuncha, uning yuksalish davridan emas, balki shu o’simlik yoki hayvon turining o’z muhitida ma‘lum o’simlik yoki hayvon guruhida hukmron bo’lish davridan boshlanadi. Binobarin, hukmronlik o’simlik yoki hayvon guruhi yoinki uning ma‘lum turi tuzilish jihatidan murakkablashgan va yashash muhitini to’liq egallagan davridan boshlanadi. Bu davr yuqorida ta‘kidlanganidek tur yoki tur guruhining yoshi bilan emas, balki biosfera evolyutsiyasi xususiyati, turning tarqalishi va uning hayot zanjiridagi tutgan o’rni bilan belgilanadi.
Tirik mavjudotlarning hayot faoliyati tufayli Yer qurrasi atmosferasining tarkibi tubdan o’zgaradi. Planetar masshtabdagi bunday o’zgarishlarning sodir bo’lishiga qaramasdan yerda hayot davom etgan va borgan sari rivojlana borgan. Aynan shunday o’zgarishlar hayotning notekis rivojlanish, geologik davrlar davomida ularning taraqqiyot darajasini yuksala borishi, hayotning «buferlik» xususiyatini ta‘minlagan. Bu, demak, hayot o’zining kelgusi taraqqiyoti uchun o’zi qulay sharoit yaratishini taqozo qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:




1. Amirqulov N. Umumiy ekologiya. Toshkent, 2002 y.

  1. Baratov P. Yer bilimi va o’lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.

  2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, 1991 y.

  3. Gofman P., Kadashnikov. Biologiya bilan umumiy genetika. Toshkent, 1970 y.

  4. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

  5. To’raqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

  6. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000y

  7. Hamdamov I.H. va boshqalar. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Тошкент, 2007 y.

  8. www.ziyonet.uz

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling