Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir etadigan kuchi jismning … deb ataladi


Download 479.03 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi479.03 Kb.
#1212689
Bog'liq
Ekskavator 2-qism 1-v


Ekskavator 2-qism 1-v

  1. Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir etadigan kuchi jismning … deb ataladi.

A) og’irlik kuchi B) og’irligi
C) bosimi D) ta’siri

  1. Uzunligi 30 cm, eni 5 cm va qalinligi 2 cm bo’lgan jismning massasi 1,2 kg ga teng. Shu jismning zichligini toping(g/cm3).

A) 4 B) 2 C) 1 D) 0,8

  1. Jismning bir nuqtasiga 6 va 8 N kuch bir-biriga nisbatan 180o burchak ostida qo’yilgan. Jismga ta’sir qiluvchi natijaviy kuchni toping(N).

A) 14 B) 10 C) 2 D) 7

  1. Bir xil tezlanish bilan harakat qilayotgan uchta jismga qo’yilgan kuchlar F1>F2>F3 munosabatda bo’lsa, ularning qaysi biri eng inert?

A) uchinchi B) ikkinchisi
C) birinchisi C) barchasi bir xil

  1. Massasi 2 kg jism 5 m/s tezlik bilan tekis harakat qilmoqda. Unga 6 N kuch harakat yo’nalishida 4 s davomida ta’sir etishi davomida jism qancha yo’lni bosib o’tadi(m).

A) 24 B) 44 C) 50 D) 64

  1. Moddiy nuqtaga 10 N kuch ta’sir etadi. Uning harakat tezligi v=10+2t qonun bo’yicha o’zgaradi. Nuqtaning massasi qanday(kg)?

A) 2,5 B) 5 C) 6 D) 20

  1. 1 kg massali jismga o’zaro perpendikular bo’lgan 6 N va 8 N kuchlar ta’sir qilsa, jismning tezlanishi qanday m/s2 bo’ladi?

A) 6 B) 8 C) 10 D) 14

  1. Gravitatsiya doimiysining birligini ko’rsating.

A) N m2/kg2 B) N kg2/m2
C) N m/kg2 . D) N/m2

  1. Massasi 50 kg bo’lgan, yerda turgan jismga ta’sir etuvchi og’irlik kuchi qanday?

A) 500 B) 50 C) 250 D) 5

  1. Yer sirtida jismning yerga tortilish kuchi F ga teng. Yer radiusiga teng balandlikda shu jismni Yer qanday kuch bilan tortadi?

A) F B) F/4 C) 4F D) F/2

  1. Radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta, massasi Yer massasidan 4 marta katta bo’lgan sayyorada og’irlik kuchi yerdagidan qanday farq qiladi?

A) 2 marta katta B) 4 marta katta
C) 4 marta kichik D) farq qilmaydi

  1. 1 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilayotgan liftda 50 kg massali odam turibda. Odamning og’irligi(vazni) qanday(N)?

A) 50 B) 450 C) 550 D) 500

  1. Egrilik radiusi 40 m bo’lgan qavariq ko’prikdan o’tayotgan mototsiklning tezligi kamida necha m/s bo’lganda, uning eng yuqori nuqtada vazni(og’irligi) bo’lmaydi?

A) 20 B) 30 C) 35 D) 40

  1. Arqon yordamida 60 kg yuk 3 s davomida 9 m balandlikka tik ko’tarildi. Agar yukning harakati tekis tezlanuvchan bo’lsa, arqonning taranglik kuchi qanday(N) bo’ladi?

A) 360 B) 720 C) 600 D) 700

  1. 4 kg massali yuk osilganda 10 cm uzunlikdagi prujina 2 cm uzaygan. Prujinaning bikrligini aniqlang(N/m). g=10 m/s2

A) 20 B) 100 C) 2000 D) 400

  1. Har bir temiryo’l sisternasining hajmi 25 m3. 600 t neftni tashish uchun nechta temiryo’l sisternasi kerak? Neftning zichligi 800 kg/m3.

A) 20 B) 25 C) 30 D) 50

  1. Jismga qo’yilgan barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping(N).


A) 7 B) 8 C) 11 D) 13

  1. 4 103 kg massali vagonga 320 N kuch qanday tezlanish beradi(m/s2)?

A) 80 B) 0,8 C) 0,08 D) 8

  1. Ilgagidagi tortish kuchi 15 kN bo’lgan traktor tirkamaga 0,5 m/s2 tezlanish beradi. Tortish kuchi 60 kN ga yetadigan traktor o’sha tirkamaga qanday tezlanish beradi(m/s2)?

A) 4 B) 3 C) 2 D) 5

  1. Teng kuchlar ta’sir etuvchi jismlar massalarining nisbati 5:4. Qaysi jism necha marta ortiq (kam) tezlanish oladi?

A) 1-jism 1,25 marta ortiq
B) 2-jism 1,25 marta ortiq
C) 1-jism 1,5 marta kam
D) 2-jism 1,5 marta kam

  1. Rasmda ko’rsatilgan, massalari m1=0,4 kg va m2=0,6 kg bo’lgan ikkita brusok F=2 N kuch ta’sirida ishqalanishsiz tekis tezlanuvchan harakat qilmoqda. m2 massali brusokka qanday kuch ta’sir qilmoqda?


A) 0,6 B) 0,8 C) 0,9 D) 1,2

  1. Radiuslari 20 cm va 30 cm bo’lgan ikkita shar bir-biriga tegib turibdi. Agar ulardan birini 100 cm ga sursak, ularning o’zaro gravitatsion ta’sir kuchi necha marta kamayadi?

A) 3 B) 2 C) 4 D) 9

  1. 2 kg massali jismni yuqoriga 3 m/s2 tezlanish bilan ko’tarish uchun qanday vertikal yuqoriga kuch qo’yish kerak(N)?

A) 20 B) 26 C) 30 D) 36

  1. Qanday balandlikda jismning og’irligi Yer sirtidagiga qaraganda marta kichik bo’ladi?

A) B)
C) D)

  1. 0,4g tezlanish bilan yuqoridan tik tushirilayotgan m massali jismning og’irligi(vazni) qanday?

A) 1,6mg B) 0,4mg C) 1,4mg D) 0,6mg

  1. tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning botiq ko’prikka bosim kuchini toping.

A) B)
B) D)

  1. Botiq ko’prikning quyi nuqtasidan doimiy tezlik bilan o’tayotgan mashinaning og’irligi 6 kN, unga ta’sir qilayotgan natijaviy kuch 3 kN. Mashinaning massasi (t) qanday?

A) 0,45 B) 0,3 C) 0,6 D) 0,9

  1. 50 kg massali bola uzunligi 5 m bo’lgan arg’imchoqda uchmoqda. Muvozanat vaziyatidan 5 m/s tezlik bilan o’tayotganda, u o’rindiqqa qanday(N) kuch bilan ta’sir qiladi?

A) 600 B) 650 C) 400 D) 750

  1. Bikrligi 100 N/m bo’lgan prujina yarmining bikrligi qanday(N/m)?

A) 10 B) 50 C) 150 D) 200

  1. Bikrliklari 20, 30 va 60 N/m bo’lgan uchta prujina ketma-ket ulansa, umumiy bikrligi(N/m) qanday bo’ladi?

A) 10 B) 20 C) 110 D) 50

1.
2.


3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
27.
28.
29.
30.

Download 479.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling