Yerni ikki XIL tuzilishi va kimyoviy tarkibi Reja


Ma’dan tanalari shakllari


Download 60.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1583800
1   2   3   4   5
Bog'liq
yer tarkibi

Ma’dan tanalari shakllari
Yer po‘stida foydali qazilmalar turli shakllarni hosil qilib yotadi.
Ularning shakllari quyidagi to‘rtta yirik guruhga ajratiladi: 1) Izometrik – bo‘yi, eni va qalinligi bir-biriga yaqin; 2) plitasimon – ikki o‘lchami yaqin va uchinchi o‘lchami kam; 3) quvursimon – bir o‘lchami uzun, ikki o‘lchami kam; 4) murakkab tanalar. 1. Izometrik shakldagi ma’dan tanalariga quyidagilar kiradi:
ma’danlashish massivi – ma’danli minerallar yalpi tarqalgan;
shtokverk– ko‘pincha turli tomonga cho‘zilgan va o‘zaro kesishuvchi ma’dan tomirlari va tomirchalari to‘plami. Bu ma’danli tomirlar ko‘pincha tog‘ jinslari orasida mavjud tektonik darzliklarda joylashadi. Bular cho‘kindi jinslar oralarida va intruziv jinslarning shiplarida va oralarida joylashadi. Bu shakl qalay, volfram, molibden,mis, oltin konlari uchun xosdir.
Shtok– ma’dan shakllarining izometrik ko‘rinishida bo‘lib,xrom, mis va ba’zan polimetall konlarida uchraydi.
Uya shakli – odatda uncha katta bo‘lmagan, ko‘ndalang kesimi 10 m largacha bo‘lgan minerallar yig‘indisiga aytiladi. Bu ma’dan shakllari o‘ta asosli magmatik jinslar oralarida yuzaga keladigan platina va mis-nikel hamda nordon intruziv jinslar oralarida yuzaga
keladigan pegmatit konlarida uchraydi.
2. Plita ko‘rinishidagi ma’dan shakllari bir necha turlarga ajratiladi. Qatlam shakl – ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘ jinslari oralarida joylashadi. Bu qatlamlar uncha qalinlikka ega bo‘lmasada, uzoqqa cho‘zilgan bo‘ladi.
Linza– ma’dan uyumlari linzaga o‘xshash bo‘lib, asta-sekin uzoqlashgan sari qalinligi kamayib boradi.
Tomirsimon shakllar– tog‘ jinslari oralarida darzlik va yoriqlarda ma’dan minerallarining to‘planishi tufayli hosil bo‘ladi. Tomirsimon ma’dan shakllari mavjud tektonik yoriqlarning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lib, bir necha santimetrdan bir necha metrgacha bo‘ladi.
Tomirsimon ma’dan shakllari sodda va murakkab ko‘rinishlarda bo‘lib, narvonsimon, to‘rsimon, ba’zan otning dumiga o‘xshash holatlari ham uchraydi.
3. Quvursimon shakllar– silindr shakliga o‘xshash bo‘lib, yer yuzasidan chuqurga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakldagi ma’dan konlarining chuqurligi bir necha yuz metrdan, bir necha kilometrgacha bo‘lishi mumkin.
4. Murakkab shakllar. Bunday shakllar odatda quvursimon va tomirsimon ma’dan tanalarining aralashmasidan iborat bo‘ladi.


Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling