Yerni limon oʼtqazishga tayyorlash va oʼtkazish
Download 17.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqLIMON
Daraxt tanasining hamma aylanmasi gommoz bilan zararlanganda, uni ildizi bilan kovlab olib kuydirib tashlanadi, tuproq esa formalinning 1 % li eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi.
Limondan muttasil moʼl hosil olish shartlaridan biri oʼsish sharoitlarini nav talablariga mos keltirishdan iboratdir. Yerni limon oʼtqazishga tayyorlash va oʼtqazish Limon koʼchatlarini oʼtqazish uchun tepletsa va transhiya tuprogʼi yaxshilab tekislanishi hamda 50 – 60 sm chuqurlikda ishlatilishi lozim. Bunda gektariga 60-80 m chirigan goʼng, 600 kg superfosfat va 150 kg kaliyli oʼgʼitlar solinadi. Issiqxonada limon koʼchatlarini 3×4 sxemada oʼtqazish maʼqul koʼriladi. Transhiyada har 1 qatordagi oʼsimliklar 3 m oraliqda joylanadi. Koʼchat oʼtqazish joylari rejalangandan keyin 60 sm chuqurlikda chuqurlar qaziladi. Koʼchat oʼtqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10 – 15 kg chirigan goʼng, 100 – 150 g superfosfat va 50 g dan kaliyli oʼgʼit solinadi. Ildizlari yaxshi rivojlangan bir va ikki yillik limon koʼchatlari bahorda (martda) yoki kuzda (oktabrda) oʼtqaziladi. Bir yillik koʼchatlarida 3 – 4 tagacha birinchi tartib novdalar boʼlishi tanasining yoʼgʼonligi 0,7 – 0,8 sm ikki yilliklarida esa ikkinchi tartib novdalari va tanasining yoʼgʼonligi kamida 1 sm boʼlishi shart. Kuzda limon koʼchati albatta ildizga ilashgan tuprogʼi bilan birga oʼtqaziladi, chunki aks holda koʼchatlarining bir qismi qurib qolishi mumkin. Oʼtqazish oldidan bogʼ qaychi yoki oʼtkir pichoq bilan shoxlarining uchidan bir qismi, shuningdek shox – shabbani qalinlashtiradigan ortiqcha novdalar, shuningdek shikastlangan ildizlari kesib tashlanadi. Koʼchatlar chuqurlarga qoqilgan nazorat qoziqchalar boʼyicha oʼtqazish taxtalari yordamida ekiladi. Bunda koʼchatlarning ildiz boʼgʼzi tuproq yuzasidan 2 3 sm yuqori boʼlishi shart. Koʼchat oʼtqazilgandan keyin har qaysi chuqurga bir chelakdan suv quyib tuprogʼi zichlanadi. Soʼngra har qaysi qatorning ikki tomonidan 25 – 30 sm qochirib egat ochib sugʼoriladi. Download 17.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling