Yevropa davlatlarida pul agregatlari Reja: Yevropada pul agregatlari Yevropa iqtisodiy va pul hamji amiyati
Download 22.59 Kb.
|
Yevropa davlatlarida pul agregatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Yevropa davlatlarida pul agregatlari Reja: 1.Yevropada pul agregatlari 2. Yevropa iqtisodiy va pul hamji amiyati 3. Yevropada valyuta tizimi Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish va shular bilan b o g iiq munosabatlami o'rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o'zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o'tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o'zgarishlarni tushuntiradi. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta ’sir etgan sezilarli o'zgarishlar sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin: Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta ’sir etgan sezilarli o'zgarishlar sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin: 1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o'matishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi; 2) 1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YelH) — hozirgi yevropa Ittifoqining tashkil topishi; 3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o'sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o'rtasida raqobatning kuchayishi; evro yoki Euro — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalkaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi. Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Yevro = 1,95583 nemis markasi; 1 Yevro = 1936,27 italyan lirasi; 1 Yevro = 200,482 portugal eskudosi va boshqalari; 1998, 31-dekabr). 2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muo- malasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 0.78 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi — soʻmga nisbatan 1 Yevro = 2631 soʻm 82 tiyin Zamonamizga xususiyatli bo'lgan narsa - iqtisodiyot va valyuta borasidagi hududiy integratsiyaning avvalambor G’arbiy Yevropada rivojlanishidir. Integratsion jarayonlarning rivojlanish sabablari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: - xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va birlashuvining kuchayishi, kapitallarning o'zaro aralashib ketishi; - raqobatdosh markazlarning jahon bozorlaridagi o'zaro kurashi va valyuta barqarorsizligi. Guruhlar doirasida yagona xo’jalik kompleksining yaratilishiga qaratilgan milliy iqtisodiyotlarning bir-biriga yaqinlashishi, o'zaro chambarchas bog’lanib ketish jarayoni o'z ifodasini Yevropa hamjamiyatida topdi. Yevropa hamjamiyati G’arbiy Yevropa mamlakatlarining nihoyatda rivojlangan hududiy integratsion guruhidir. U 1958 yilning 1 yanvaridan boshlab 1957 yilning mart oyida 6 mamlakat - Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Italiya, Bel'giya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonlaridan imzolangan Rim shartnomasi asosida amal qiladi. 1973 yildan boshlab Yevropa hamjamiyatiga Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, 1981 yildan boshlab Gretsiya, 1986 yildan Portugaliya va Ispaniya, so'ng esa Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya a'zo bo'lib kirgan. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning Yevropa hamjamiyati bilan assosiatsiyasi tuzilishi to’g’risidagi Lomey Konvensiyasini (1984 va 1989 y.y.) Afrika qit'asi, Karib dengizi va Tinch okeani qavzalarining 66 davlati imzoladi. O’rta er dengizi mamlakatlari guruhi (Turkiya, Jazoir, Tunis, Marokash, Livan, Misr, Iordaniya, Suriya) hamda Kipr va Malta Yevropa hamjamiyati bilan ikki taraflama kelishuv bilan bog’langan. "Umumiy bozor"ning tashkil etilishiga Yevropa hamjamiyati mamlakatlari tomonidan 1951 yilda ko'mir va po'lat Yevropa Birlashmasining integratsion guruhi tashkil qilinishi sabab bo'ldi. Atom energiyasi bo'yicha Yevropa hamjamiyati (Evratom) Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi bilan bir vaqtda tashkil topgan. Markazga intiluvchanlik tendensiyalari 1967 yilda Yevropa Ittifoqi, ko'mir va po'lat Yevropa Birlashmasi, Evratomni o'z ichiga olgan Yevropa hamjamiyati deb atalmish guruhning tashkil etilishiga olib keldi. Ushbu birlashmalar umumiy asosiy organlarga ega va yagona siyosatni amalga oshiradilar. 90-yillar Yevropa hamjamiyatining avvalambor Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi mamlakatlari hisobiga yanada kengayishi bilan nishonlandi. 1993 yildan boshlab Yevropa iqtisodiy hududi tashkil etildi va unga 1960 yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bilan tashkil etilgan Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi mamlakatlari savdo-iqtisodiy guruhi (Shveysariyadan tashqari) qo’shildi. Yevropa erkin savdo assosiatsiyasiga dastlab Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Shveysariya davlatlari kirgan. 1970 yilga kelib esa ularga Islandiya, 1986 yilda Finlyandiya va 1991 yilda Lixtenshteyn qo’shildi. Buyuk Britaniya, Daniya, Portugaliya, Shvetsiya va Finlyandiya mamlakatlarining Yevropa hamjamiyatiga o'tib ketishi oqibatida ushbu Assosiatsiyaning ahamiyati ancha pasaydi. XULOSA Xulosa qilib aytamizki asta-sekin valyuta munosabatlarini maqsadga muvofiqlashtirish, ya'ni milliy valyuta tizimlari va valyuta siyosatlari uslublarining tarkibiy tuzilmalarini o'zaro yaqinlashtirish; muvofiqlashtirgan holda boshqarish - o'zaro maslahatlar yo'li orqali valyuta siyosati maqsadlarini o'zaro kelishib olish; soddalashtirish - yagona valyuta siyosatini amalga oshirish kabilar uchun sharoitlar etildi. Biroq valyuta integratsiyasi jarayoni iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish bosqichidan boshlanadi. Ushbu ittifoq chegarasida raqobatning o'zaro teng shartlari va mazkur sohadagi qonunchilikni soddalashtirilishi asosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar, valyutalarning erkin harakati ta'minlanadi. Integratsiya jarayoni yagona bozorni shakllantirish va ushbu asosda iqtisodiy va valyuta ittifoqiga erishishga yo'naltirilgan bir necha bosqichdan iborat. 1958-1968 yillarda (o'tish davri) bojxona ittifoqi tuzilgan edi. Bojxona bojlari va o'zaro savdodagi cheklovlar bekor qilindi, Yevropa Iqtisodiy hamjamiyatini xorij raqobatidan himoyalash maqsadida uchinchi davlatlardan tovarlar olib kirishga yagona bojxona to'lovi kiritildi. 1967 yilga kelib umumiy agrar bozori shakllandi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholarini muvofiqlashtirishning maxsus rejimi kiritildi. Qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish va fermer xo’jaliklarini xonavayron bo'lishdan saqlash maqsadida Yevropa Ittifoqining agrar fondi tashkil etildi. Bojxona ittifoqi iqtisodiy va valyuta siyosatining davlatlararo kelishuv elementlari bilan to'ldirilib borildi. Kapital va ishchi kuchi harakati bilan bog’liq ko'pchilik cheklovlar bekor qilindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI Abel A.B., Bernanke B.S., Crouchore В. Macroeconomics. USA. 2018. Shapiro E. Macroeconomic analysis. –Oxford, 2015. Махмудов Н.М., Аскарова М. Макроиқтисодий тахлили ва прогнозлаштириш. Дарслик. Т.; Фан ва технологиялар, 2014. Ташпулатова Л.М. Макроэкономический анализ. Учебное пособие. УМЭД. Ташкент, 2006. Тешабаев Т.З., Отакузиева З.М. Макроиқтисодиет. Маърузалар матни. ТАТУ, 2015. Бобокулов Т.У.Халақаро валюта муносабатлари. Маъруза матни. Тошкент, ТМИ. 2015. Download 22.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling