Iqlim oʻzgarishi juda katta muammo boʻlib, uni hech bir muassasa va hech bir shaxs yolgʻiz hal qilishga umid ham qila olmaydi. Adrian Nil ta’kidlaganidek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning ta’sirni yumshatish uchun Suv xo'jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, baliqchilik va oʻrmon xoʻjaligi tarmoqlari va xalqaro hamkorlar kabi turli sheriklar bilan hamkorlik qilishi kerak. “Yevropa Ittifoqi koʻmagida biz ushbu hamkorlarni davra suhbati orqali muammolarni [va] topilmalarni muhokama qilish va keyin […] siyosatni oʻzgartirishga olib kelishi mumkin boʻlgan qonunchilik bazasini tayyorlash uchun birlashtirishga harakat qildik. Va eng muhimi, [biz] turli mintaqalardagi rivojlanish boʻyicha hamkorlar bilan ushbu asos doirasida qanday pilot harakatlar boshlash mumkinligini koʻrishga harakat qilmoqdamiz.” Ular 2023-yilda ushbu pilot harakatlarga amaliy yonadshishni maqsad qilgan bo‘lsalar, 2024-yilda iqlim o‘zgarishining kelajakdagi oqibatlarini yumshatish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining isib borayotgan iqlimga yaxshi moslasha olishi uchun haqiqiy natijalarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |