Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimidagi Ijtimoiy pedagogikaning holati


Download 423.73 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi423.73 Kb.
#1052993
Bog'liq
xorijda ijtimoiy pedagogikaning

Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi

Reja:

1. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy pedagogikaga oid yondashuvlar

2. Yevropa mamlakatlari ta'lim tizimida pedagogikaning holati.

3. Rossiya pedagogikasida ijtimoiy pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar.


 XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga eʼtibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor meʼyorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina boshlandi. Bu ishlarning davom i Yevropa va Amerika qitʼalarida roʻy berayotgan oʻzaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda oʻz aksini topishi kerak boʻldi. Industriyalashtirish qishloqaxolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Qishloq aholisining yangi turmush tarzi ga moslashishda qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik koʻpaydi. Kam rivojlangan Yevropa davlatlaridan aholi koʻchib kelishining ortishi sababli AQSHda ahvol nihoyatda ogʻir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi kuzatildi. Cherkov shu paytgacha axloqiy meʼyorlarning anaʼnaviy tashuvchisi boʻlib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va koʻpgina odamlar hayotida oʻzining avvalgi mavqeini yoʻqotdi.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiypedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi. XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir.
YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillarimuhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir. 
SHvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o’z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o’z mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
Aynan shu davrda ijtimoiypedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi. Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro’y bergan. 
XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi. Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog’lab qo’ydi. Jahonda ilk marta didaktik o’yinlar o’tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulqatvor normalarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq axolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog’liq. Qishloq axolisining shaharga ko’chib o’tishlari g’ayriaxloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda holat nihoyatda og’ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan davlatlardan axoli ko’chib kelishi bilan bog’liq.
XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 423.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling