Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va uning qiyosiy tahlili joba 1


Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi


Download 28 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi28 Kb.
#1331660
1   2   3
Bog'liq
YEVROPA MAMLAKATLARIDA uz perevodga

2. Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi.
Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi. Poytaxti – Parij. Hududi– 551000kv.km. Aholisi – 61024316. Davlat tili – fransuz. Dini – katolik (90%). Pul birligi – evro. Fransiyada savodxonlik darajasi: umumiy savodxonlik – 99%. Erkaklar – 99%. Ayollar – 99%. Ta‘lim tizimiga jalb etilganlar: Umumiy soni – 15 mln. Shundan: Boshlang‘ich ta‘lim – 6-7mln. O‘rta ta‘lim – 4,8-5 mln. Oliy va undan keyingi ta‘lim – 2,5-3 mln. Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari: • Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh • Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh • O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh • Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim. Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega. 2004 yil 15 martda yangi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kirib kelishi, o‘quv predmetlaridagi integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi. Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir. Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln. kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Ta’lim tizimlari. Maktabgacha ta’lim. Fransiya ta‘lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu maktabning ta‘limiy vazifasi: boshlang‘ich maktabga tayyorlash, bolalarni o‘zini namoyon qilishga o‘rgatish. Bu bosqichni ―Onalar maktabi” deb ham yuritiladi. Maktabgacha ta‘lim majburiy emas. Unga 2 yoshdan qabul qilinadi, yoshiga qarab eng kichik guruh, kichik guruh, o‘rta guruh va katta guruhlarga bo‘linadi. 3 yoshdan ―Onalar maktabi‖ga borishadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang‘ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Fransiya ta‘limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi, 1980 yillarning oxiridagi ma‘lumotlariga ko‘ra, onalar maktabida 65 ming boshlang‘ich maktablar bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shaxobchalarida 9100 sinf mavjud. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: - kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha; - o‘rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha; - katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha. 5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo‘lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Boshhlang’ich ta’lim. Fransiyada boshlang‘ich ta‘lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilingan. Boshlang‘ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo‘lishidan qat‘iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang‘ich ta‘lim 6 yoshdan boshlanib, 5 yil davom etadi.  1-sinf ―tayyorlov sinfi‖ deb ataladi;  2-3-sinflar ―elementar sinf‖;  4-5-sinf ―o‘rta‖ sinflar deb ataladi. Boshlang‘ich maktab bosqichiga qo‘yilgan asosiy talab o‘quvchilarga ifodali o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iborat. Fransiya ta‘lim muassasalarida ta‘lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning vatani, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o‘rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, shu muddat ichidagi o‘qish asosan 3 bosqichga bo‘linadi: — Tayyorlov bosqichi — 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqaga, mehnat qilishga o‘rgatiladilar. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlarda taklif etiladi. — Navbatdagi bosqich — elementar kurs bo‘lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o‘qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o‘qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi. — Boshlang‘ich maktabning 3 bosqichi — chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Dasturda o‘quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talab qo‘yiladi. Masalan: O‘qish. I bosqichda o‘quvchi: 1. Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta jurnal, lug‘at, e‘lon, xat va hokazo) bir-biridan ajrata olish; 2. Xatni o‘qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob betlarning ketmaketligi) o‘rganib olish; 3. Matn tarkibini (nutq, asosiy qism, xulosa) aniqlay olish; 4. Mustaqil mashg‘ulotlarda kitoblardan, lug‘atlardan foydalana olish. II bosqichda: 1. O‘qiganlari mazmunini elementar bayon qilib bera olish; 2. Kitob mavzusida ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish; 3. Sintetik tahlil qila bilish (urg‘u, tinish belgilari). III bosqichda: 1. Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda o‘zicha o‘qish, o‘qish qoidalarini to‘la shakllantirish, savollarga og‘zaki va yozma ravishda javob qaytarish, mavzuli rasmlarni izohlab berish; 2. Matndagi noaniq so‘zlarni aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish; 3. Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish; 4. Bayon qilingan axborotni tinglash va to‘g‘ri qabul qilish; 5. So‘zlarni og‘zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish; 6. Kitobdan va lug‘atli adabiyotlardan mustaqil ishlash jarayonida to‘la foydalana olish; 7. Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish. Yozuv. Yozuvga qo‘yilgan talab uch saviyada belgilanadi: yozuv texnikasini o‘rganish, yozuvda qalam, ruchka, bo‘rda ishlashni bilish, chiziqlarga to‘la rioya qilish, yozma va bosma harflarni farqlash, xatolar ustida ishlash malakasini egallash lozim. Yozuv bo‘yicha o‘quvchining III bosqichda inshosi shakllangan, tasviriy, mazmunli, yozuv texnikasini mukammal o‘zlashtirgan, ifodada aniq izchillikka ega bo‘lmog‘i darkor Og‘zaki nutq. Og‘zaki nutqni rivojlantirish bo‘yicha ham uch bosqicli osondan qiyinga, soddadan murakkabga yo‘naltirilgan talablari mavjud.

Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling