Yevropaning yagona valyutasi yevro


Download 192.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2023
Hajmi192.47 Kb.
#1725318
Bog'liq
hemis yevro



Y E V R O €
Yevropaning yagona valyutasi — yevro.
Yevrozonaga dastlab Yevropa Ittifoqining 15 mamlakatidan 11 tasi
kirdi. Valyuta ittifoqi tuzish harakati 1969-yilda Fransiya Germaniya, Italiya,
Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzish
tashabbusini tasdiqlaganidan so‘ng boshlangan. Oradan 10 yil o‘tib valyuta
ayirboshlash mexanizmi ishga tushdi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YeI
dan oldingi tashkilot)ga a’zo mamlakatlar valyuta kurslari bir-biriga bog‘lab
qo‘yildi.
1998-yili Bryusselda yagona valyuta kiritilishiga qancha vaqt qolganini
ko‘rsatuvchi soat o‘rnatildi.
1999-yilning yanvarida muomalaga kiritilgan.
Yevro $1,1747 nisbatda muomalaga chiqarildi. Yevro dastlabki ikki
yilda ancha kuchsizlandi. Dollarga nisbatan eng yuqori kursi 2008-yil 18-
iyulida kuzatildi: 1 yevro — 1,6 dollar.
Yevrogacha nemis markasi eng kuchli Yevropa puli edi.
2002-yil yanvarida yevro qog‘oz pul shaklida chiqdi. Banknotalar
dizayni tanlovida Avstriya milliy banki rassomi Robert Kalina g‘olib chiqdi.
Yevrozona qatnashchilari soni 11 tadan 19 taga yetdi. Yevroga o‘tgan
oxirgi mamlakat — Litva (2015-yil).
Yevrozona mamlakatlarida 340 million atrofida aholi yashaydi. Yevro
dunyo valyuta bozoridagi savdo hajmi bo‘yicha AQSh dollaridan so‘ng
ikkinchi, muomaladagi banknotalar va tangalar hajmi bo‘yicha esa birinchi
o‘rinda (Yevropa markaziy banki ma’lumoti bo‘yicha 1,2 trln. yevrodan ortiq).
Yevro (EUR) Yevropa Ittifoqining (EI) rasmiy pul birligi boʻlib, Yevropa
Ittifoqining 27 davlatidan 19 tasida qoʻllaniladi. Bu, shuningdek, bir qator
boshqa Yevropa mamlakatlari va hududlarining valyutasi. Yevro elektron
valyuta sifatida 1999 yilda muomalaga kiritilgan, banknot va tangalar 2002
yilda muomalaga kiritilgan.
Yevrooa Markaziy banki ECB pul-kredit siyosati va yevroning
emissiyasi uchun javobgardir. U o'zining pul-kredit siyosatiga ega va
yevrozonadagi pul massasini nazorat qiladi
Yevro € belgisi bilan ifodalanadi va uning ISO 4217 kodi EUR
hisoblanadi.
1€yevro 100sentga bo'lingan

Download 192.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling